Respublika ixtisoslaştirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bajarilgan noyob operatsiyalar soni yana bittaga köpaydi. SSV matbuot xizmati xabar berişiça, bu yerda N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti şifokorlari bilan hamkorlikda mamlakatda ilk bor 1 yoşu 4 oylik bolaning ortiqça yarim tana umurtqasini olib taşlaş jarrohlik amaliyoti ötkazildi.

«Jajji bemor Muhammadusmon Ibragimov 2021 yilda Farğona viloyatining Özbekiston tumanida tuğilgan. Dunyoga kelganida umurtqa poğonasida tuğma anomaliya borligi aniqlangan. Ya’ni umurtqa poğonasi kökrak-bel qismi sohasida qiyşiqlik, çap tomonda kökrak qafasining börtib çiqib qolişi kuzatilgan.

Vaqtinçalik muolajalardan söng ota-onasi Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga murojaat qildi.

Kerakli laborator va instrumental tekşiruvlardan söng Muhammadusmonga «Umurtqa poğonasi tuğma rivojlaniş anomaliyasi, umurtqa poğonasi kökrak-bel qismi tuğma skoliozi, kökrak va bel qismi şakllanişi buzilişi. Çap tomonlama VThX yarim umurtqasi» taşxisi qöyildi. 

Muassasada VTh 12 yarim umurtqani oliş, skoliotik deformatsiyasini korreksiyalaş va endokorrektor bilan stabilizatsiya qiliş operatsiyasi muvaffaqiyatli ötkazildi. Hozir bemorning ahvoli qoniqarli», deyiladi vazirlik xabarida.

Markaz rahbari Murod Irismetovning ta’kidlaşiça, avvallari bunday jarrohlik muolajalarini bajariş uçun bemorning baloğat yoşiga yetişi kutilgan. Oqibatda ötgan davrda butun umurtqa poğonasida oğir skoliotik deformatsiya yuzaga kelib, yakunda juda katta jarrohlik amaliyoti ökazilişiga töğri kelgan.  Bundan taşqari, bemorning kökrak qafasi organlarida ikkilamçi özgarişlar paydo bölgan. Bu esa köpinça bemorning umrbod nogiron bölib qolişiga olib kelgan.

«Endi mazkur murakkab amaliyotning erta yoşda ötkazilişi yuqoridagi kabi asoratlar va tuğma nogironlikning oldi olinişiga xizmat qiladi», deyiladi xabarda.