Mavsumiy kasalliklar xarakteri va ulardan qanday himoyalaniş böyiça Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Doniyor Alimov bilan suhbatlaşdik.

–       Doniyor Anvaroviç, ma’lumki qiş mavsumida şifokorlar, ayniqsa şoşilinç tibbiy yordam xodimlariga iş köpayadi. Suhbatimiz boşida şu masalada umumiy tuşuntiriş bersangiz.

– Qiş mavsumi davomida avvalo travmatologik kasalliklar, ya’ni jarohatlar soni sezilarli köpayadi. Ob-havoning keskin sovişi, şu jumladan qor yoğib yerlarning muzlaşi natijasida yöl-transport hodisalari ayniqsa, yengil jarohatlar soni yilning qolgan mavsumlariga nisbatan 40 foizgaça ortişi kuzatiladi, bunday bemorlar travmatologik va neyroxirurgik ambulator yordamga muhtoj böladi. Misol tariqasida kunning issiq kunlariga nisbatan ayni bugungi kunlarda travmatologiya va neyroxirurgiya qabul bölimiga bir sutka davomida murojaatlar soni deyarli ikki barobar, ya’ni 70-80 tadan 130-140 taga köpaygani kuzatilmoqda. Bunday körsatkiçlarning asosiy sabablari tahlil qilinganda murojaat qilgan bemorlarning jarohat sabablari maişiy va köçada sirpanib yiqiliş hisobiga şikastlar soni oşişi ekanligi ma’lum böladi. Murojaat qilgan bemorlarning asosiy qismi kunning ikkinçi yarmida, aynan keçki payt kelişadi va ularni asosan yoşi uluğ fuqarolar va maktab yoşidagi bolalar taşkil qilmoqda.

Doniyor Alimov

– Şunday paytda aholi qanday ehtiyot çoralarini körişi lozim?

– Yuqoridagilarni inobatga olgan holda aholimizga quyidagilarni tavsiya etamiz:

1.     Maktab yoşidagi bolalarga ota-onalari va öqituvçilari qiş mavsumida qanday qilib jarohatlarning oldini oliş böyiça tuşuntiriş işlarini olib borişlari şart;

2.     Yoşi uluğ bölgan insonlar yer muzlagan paytda öta ehtiyotkorlik bilan yoki kuzatuvçi yordamida harakatlanişlari lozim;

3.     Yöl harakatida avto-ulov yordamida harakatlanuvçi yurtdoşlarimiz va piyodalar yöl-transport xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilişlari, ayniqsa tezlikni oşirmasliklari zarur;

4.     Jarohat olgandan söng yurtdoşlarimiz tez tibbiy yordam brigadasini jarohat olingan joyga çaqirişlari va brigada kuzatuvi ostida eng yaqin travmpunkt, poliklinika yoki maxsus tez yordam markaziga murojaat qilişlari lozim. Özboşimçalik bilan harakatlaniş, jarohat olgan odamni har xil harakatlantiriş mumkin emas.