NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg 4 aprel, seşanba kuni Bryusselda bölib ötgan matbuot anjumanida finlarni öz safiga qabul qiliş orqali Şimoliy Atlantika alyansi «NATOning Finlandiyani himoya qilişga tayyorligi borasida Moskvada xato uçun joy bölişiga yöl qöymaydi», dedi. Uning tuşuntirişiça, har qanday tuşunmovçilik yoki notöğri pozitsiya xavflidir, çunki u mojaroga sabab bölişi mumkin, NATOning oldini oliş va himoya qiliş siyosati maqsadi mojarolar oldini olişdir. Şuning uçun NATOga a’zo böliş Finlandiyani xavfsizroq va NATOni kuçliroq qiladi, deya qöşimça qildi boş kotib.
Uning sözlariga köra, Finlandiya mudofaa ittifoqiga yuqori salohiyat, muhim kuçlar va ilğor mudofaa sanoatini olib keladi. "Yaqinda Finlandiyaning NATOga a’zo bölişi biz uçun xayolga ham kelmagandi, - deb eslaydi Stoltenberg. - Ammo şunday böldi. Bu haqiqatan ham tarixiy voqea bölib, Finlandiya öz qarorlarini qabul qiladigan suveren mustaqil davlat ekanini va NATO eşigi Finlandiya kabi demokratik suveren davlatlar uçun oçiq bölgan demokratiyalar ittifoqi ekanini körsatadi".
Uning rahbari mamlakat alyansga kirişini Putinning Ukrainadagi agressiv uruşi natijasi deb atadi: "Ular Putin nafaqat Ukrainaga, balki NATOga a’zo böliş böyiça özi qaror qabul qilmoqçi bölgan har bir davlatga tahdid qilganini körib, Finlandiya a’zo bölişiga qaror qilişdi. Bu şuni körsatadiki, Putin Yevropaning qolgan qismi uçun NATO eşigini yopmoqçi bölganida, u teskari natijaga erişdi: köproq qöşinlar, köproq tayyorgarlik, alyans şarqiy qismida quruqlik, dengiz va havo kuçlari va NATO a’zolari. Bugun bu Finlandiya va tez orada Şvetsiya unga qöşiladi".
Yillar davomida NATO Rossiya harbiy qudratini, jumladan, şimolda, Finlandiya va Norvegiya yaqinida, Arktikada kuçaytirib borayotganini kuzatdi. "Biz nafaqat buni, balki Rossiya va uning prezidenti Putin qöşnilariga harbiy kuç işlatişga tayyor ekanini ham kördik: 2008 yilda Gurjistonga, 2014 yilda Qrimga, keyin esa Ukrainaga keng kölamli bostirib kiriş, - deydi taşkilot rahbari. - Bu sxema, şuning uçun biz alyans şarqiy qismida NATOni kuçaytirdik va ittifoqçilar yangi zamonaviy qurollarga sarmoya kiritmoqda".

















