2022 yilning 29 sentabr kuni Özbekiston Içki işlar vazirligi boşqarmalaridan birining tezkor xodimi özaro kelişmovçilik oqibatida bir guruh şaxslar tomonidan öldirilgan. Qotillikdan keyin jasad Çirçiq daryosiga taşlangan.
Toşkent şahar sudiga köra, Jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudi uç nafar şaxsga nisbatan quyidagi hukm çiqargan:
- 36 yoşli sudlanuvçi JK 28-modda orqali 97-modda (Qotillikka şeriklik) bilan aybdor deb topilib, 23 yilga ozodlikdan mahrum etildi;
- 37 yoşli erkak JK 97- (qotillik), 164- (talonçilik) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan aybdor deb topildi. U 24 yil qamoq jazosiga hukm qilindi;
– 39 yoşli sudlanuvçi Jinoyat kodeksining 97- va 164-moddalari bilan öta xavfli retsidivist deb topilib, 24 yil-u bir oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Eslatib ötamiz, 2022 yil oktyabr oyi boşida Özbekistonda Içki işlar vazirligi xodimi öldirilgani va jasadi daryoga taşlanganligi ma’lum bölgan edi.
Şundan söng Boş prokuratura matbuot xizmati 29 sentabr kuni janjal va kelişmovçilik oqibatida Içki işlar vazirligi boşqarmalaridan birining tezkor xodimi ikki erkak tomonidan öldirilgani haqida xabar berdi. Qotillikdan keyin jasad Çirçiq daryosiga taşlangan.
Qidiruv çoğida Içki işlar vazirligi xodimining jasadi daryodan topilgan. Yuqoridagi holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan iş qözğatilgan.

















