Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari böyiça taşkiloti (YuNESKO) Ukrainani yanada qöllab-quvvatlaşga va’da berdi. 

«Uruşning dastlabki kunlaridanoq YuNESKO Ukraina xalqini qöllab-quvvatlab, madaniyati, merosi, ta’limi va jurnalistlar xavfsizligini himoya qilişga yordam berdi», dedi YuNESKO boş direktori Odri Azule Kiyevga ikki kunlik taşrifi çoğida. 

«Uşbu yordam 2023 yilda davom etadi va kengayadi», deya Azulening sözlari keltirilgan taşkilot press-relizida. 

Uning sözlariga köra, kelgusi haftalarda YuNESKO ta’lim uçun, birinçi navbatda, maktab öquvçilarini psixologik-ijtimoiy qöllab-quvvatlaşni kuçaytiriş uçun 10 million yevrodan ortiq mablağni safarbar qiladi. 

YuNESKO boş direktori Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi yetkazgan zarar juda katta ekanligini ta’kidladi – uni faqat madaniyat sohasida tiklaş uçun keyingi 10 yil içida 6,9 milliard dollar kerak böladi.