FIFA reytingi. O‘zbekiston uch pog‘ona yuqoriladi, Argentina peshqadamga aylandi
FIFA sayti mart oyida o‘tkazilgan rasmiy va o‘rtoqlik o‘yinlaridan keyin milliy jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi.

Foto: O‘FA
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi 3 pog‘onaga yuqorilab, 74-o‘ringa ko‘tarildi. Srechko Katanets shogirdlari bungacha 77-o‘rinda edi. Mart oyida Saudiya Arabistonida Boliviya (1:0) va Venesuela (1:1) milliy jamoasi bilan o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinlaridan keyin milliy jamoamiz reytingda ko‘tarilgan.
FIFA reytingida Argentina milliy jamoasi 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. JCh-2022 chempioni 2017 yildan buyon ilk marta reytingda peshqadamga aylandi. Fransiya 2-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, avvalgi yetakchi Braziliya 3-o‘ringa tushdi.
Keyingi o‘rinlarni Belgiya (4), Angliya (5), Niderlandiya (6), Xorvatiya (7), Italiya (8), Portugaliya (9) va Ispaniya (10) egallab turibdi.
Osiyo jamoalari orasida esa Yaponiya reytingda 20-o‘ringa ko‘tarilib, peshqadam sanaladi. Shuningdek, qit’ada top-10likdan Eron (24), Janubiy Koreya (27), Avstraliya (29), Saudiya Arabistoni (54), Qatar (61), Iroq (67), BAA (72), Ummon (73) va O‘zbekiston (74) joy olgan.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston milliy jamoasi 74-o‘ringa ko‘tarilib, oxirgi 5 yillikdagi eng yaxshi natijasiga erishdi. Bungacha vakillarimiz 2018 yil fevral oyida 72-o‘ringa ko‘tarilgan, shundan so‘ng 95, 84, 83, 82, 77-o‘rinlarni egallagandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
Iqtisodiyot | 12:24
-
Rossiya Ukraina shaharlari bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi
Jahon | 11:20
-
Davlat stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56
-
Guler «Real»ni poygada qoldirdi, «Inter» derbida yirik hisobda yutqazdi. Kun o‘yinlari
Sport | 10:54
Mavzuga oid

18:22 / 03.04.2025
O‘zbekiston FIFA reytingida yuqoriladi

17:58 / 20.12.2024
FIFA reytingi. O‘zbekiston milliy jamoasi 2024 yilni 58-o‘rinda yakunladi

18:15 / 24.10.2024
FIFA reytingi. O‘zbekiston so‘nggi 8 yildagi eng yaxshi natijasini qayd etdi

23:10 / 11.10.2024