Hukm 2022 yil 22 dekabrda çiqarilgan. Okrug sudi himoya şikoyatini körib çiqib, jazoni yengillaştirişdan boş tortdi va qarorni özgartirişsiz qoldirdi.
Rossiyaning Bryansk viloyatida 1 aprel oqşomida safarbar etilgan şaxs Ukrainadagi janglarda ikki jiyani halok bölganini bilib, önga yaqin harbiyni garovga olgandi.
Ma’lumotlarga köra, Samara viloyatining Çapayevsk şahridan safarbar qilingan 35 yoşli Dmitriy D. avtomat va granata bilan qurollangan bölib, kerak bölsa, ularni qöllaş bilan tahdid qilgan. Erkak safarbar qilingan beş nafar oddiy askar va uç zobitni garovga olgan. U heç qanday talablar qöymagan. Aytilişiça, garovga olinganlardan biri favqulodda xizmatlar bilan boğlanişga muvaffaq bölgan. Voqea joyiga yetib kelgan xavfsizlik kuçlari mojaroni bartaraf etişdi: Dmitriy D. garovga olinganlarni qöyib yubordi va taslim böldi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21 sentabr kuni Ukrainaga qarşi uruş uçun «qisman safarbarlik» haqida e’lon qildi. Safarbar qilinganlardan tegişli tayyorgarliksiz hujum bölinmalariga ötkazilgani, jihozlarning yetişmasligi va qömondonlar tomonidan qöpol munosabatda bölgani haqida bir neça bor şikoyatlar kelib tuşgan.














