Tadbirda sözga çiqqan Toşkent şahrining sobiq hokimi, quriliş sohasi faxriysi Kozim Tölaganov odamlarga qulaylik yaratib beriş, aholini uy-joy bilan ta’minlaş, quruvçilarning mehnat va ijtimoiy şart-şaroitlarini yaxşilaş masalalarida amalga oşirilayotgan işlarga töxtaldi.

“2017 yilda prezidentimiz 192 ta 7-qavatli uy quramiz deganida bizning mazamiz qoçgandi. Sababi, öşa vaqtda şunça kranimiz bölmagan, quriliş taşkilotlari kam, zavodlarimiz işdan çiqqandi. Öşa davrda tadbirkorlarga körsatilgan kömak tufayli butun quriliş sohasida katta özgarişlar yuz berdi. Öşa davrda respublika böyiça 2 mingga yaqin quriliş taşkiloti bölgan bölsa, bugungi kunga kelib ularning soni 47 mingga yetdi.

Köpçilik quriliş taşkilotlari bilan birga Sergelida turar joy qurişni boşlagandik öşanda. 3 yilda 440 ta köp qavatli uy qurdik, 18 500 aholi köçib ötdi. Yoki yana bir raqamga e’tibor qarating: 1991 yildan 2016 yil oxirigaça Toşkent şahrida bor-yöği 12 mln kvadrat metr uy-joy qurilgan. Oxirgi 5 yilda esa 6 mln kvadrat metrdan köp uy-joy qurildi.

“Toşkent Siti”ni olaylik. Öşa yerga köp bora quriliş qilmoqçi bölganmiz. Biroq tuproq asosining böşligini inobatga olib, qölimiz bormagandi. Mana, öşa yerda zamonaviy şaharça bunyod etildi. Kim öylagandi bu narsa böladi deb? Bugun nafaqat quriliş taşkilotlari, ularga berilgan imtiyozlar tufayli quriliş materiallari işlab çiqariş sohasida ham juda katta özgarişlar böldi.

Hozirda nafaqat Toşkent, respublikaning barça hududlarida bölayotgan işlarni körib, odamning köngli quvnaydi, dili yayraydi”, — deya ta’kidladi Kozim Tölaganov.

Poytaxtning sobiq hokimi referendumda oilaviy iştirok etişini bildirib, jamoatçilikni ham konstitutsiyaviy islohotlarga befarq bölmaslikka çaqirdi.

Eslatib ötamiz, Kozim Tölaganov 1997-2001 yillarda Toşkent şahar hokimi lavozimida işlagandi.