Amerika Qöşma ştatlarining poytaxti – Vaşington şahrining rasmiy nomi Kolumbiya okrugi hisoblanadi. Şaharni şu nomdagi boşqa ştatdan ajratiş uçun amerikaliklar qisqa qilib DC (District of Columbia) deyişadi. Vaşington deyilganda esa odatda mamlakat şimoli-ğarbiy qismida joylaşgan eng yaşil ştatlardan biri Vaşington ştati nazarda tutiladi.

Xaritada ikkala Vaşington ştatlarini joylaşuvini körişingiz mumkin.

AQŞning ilk prezidenti – Jorj Vaşington nomi berilgan poytaxtga 1791 yilda asos solingan. Vaşington şahri AQŞning 50 ta ştatlari birortasi tarkibiga kirmaydi, maydoni 177 km/kv, aholisi esa bor-yöği 700 ming atrofida. Lekin haftaning iş kunlarida bu yerdagi ofislarga kelib işlovçilar tufayli aholi soni 1 millionga yaqinlaşadi.

Öz-özidan, bu yerda AQŞning eng muhim davlat taşkilotlari joylaşgan.

Dastlab AQŞ parlamenti – Kongress joylaşgan bino Kapitoliyga bordik. Bu yerda zamonaviy demokratiyaning asosi hisoblagan, mustaqil xalq vakillari ötiradi.

Kongress joylaşgan bino Kapitoliy deb nomlanib, 1800 yilda qurib bitkazilgan, lekin keyinçalik bir neça marta kengaytirilgan. AQŞ Kongressining ikkala palatasi – vakillar ham, senatorlar ham öz faoliyatini şu yerda olib boradi.

AQŞda joylaşgan barça davlat idoralari binolari xalq mulki (public building) hisoblanib, u yerga bemalol kiriş va suratga oliş mumkin. Albatta, oldindan röyxatdan ötgan va kongresmenlarning faoliyatiga xalaqit qilmagan holda.