“Özgidromet” xabariga köra, Toşkent viloyati va Farğona vodiysi viloyatlari ayrim joylarida kuçli yomğir kuzatilişi mumkin. Qolgan hududlarda yoğingarçilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda şamol tezligi 15-20 m/s gaça kuçayadi. Kunduzgi havo harorati +16...+21 darajadan yuqori bölmaydi.

Toğoldi va toğli hududlarda sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin. Toşkent viloyati toğli hududlarida 2000 metrdan yuqorida qor köçişi xavfi bor.

Ertaga keçasi va ertalab Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida, kun ikkinçi yarmida Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Qolgan hududlarda yoğingarçilik kutilmaydi.

Yakşanba kuni faqat Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yomğir yoğadi.

Dam oliş kunlari harorat keçasi +7...+12 daraja, kunduz kuni +22...+27 darajani taşkil etadi.

7-9 aprelda respublika toğoldi va toğli hududlarida vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, 7 aprelda ba’zi joylarda kuçli böladi. Baland toğlarda (2000 metrdan yuqori) yomğir qorga aylanişi mumkin.

Poytaxtda bugun vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi, döl yoğişi mumkin. Şamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gaça kuçayişi mumkin. Harorat +16...+18 daraja böladi.

Şanba kuni qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Yakşanba kuni yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçasi +8...+10 daraja, kunduzi +22...+25 daraja böladi.