Prezident Şavkat Mirziyoyev 6 aprel kuni tabiatni muhofaza qilişga qaratilgan çora-tadbirlar taqdimoti bilan tanişdi.

Suv tozalaş inşootlari

Rasmiy relizda aytilişiça, mamlakatdagi 500 dan ziyod korxonada suv tozalaş inşooti standartga javob bermaydi, ba’zilarida umuman yöq. Kompensatsiya miqdori kamligi sababli, bunday texnologiya örnatişdan köra, kompensatsiya tölaş foydali bölib qolgan. Şu bois me’yordan ortiqça oqova uçun kompensatsiya tölovini oşiriş taklifi bildirildi.

Şavkat Mirziyoyev ekologik nazorat inspeksiyasi faoliyatini yölga qöyiş böyiça topşiriq berdi.

Çiqindilar

Qayd etilişiça, Özbekistonda yiliga 7 mln tonna maişiy çiqindi hosil bölyapti. Şundan faqat 2 mln tonnadan ziyodi qayta işlanadi. Qolgan çiqindilardan paydo bölayotgan issiqxona gazi

va sizot suvlar tabiatga zarar yetkazyapti.

Ohangarondagi eski poligonda çiqindidan 15 MW elektr energiyasi oliş loyihasi boşlangan. Davlat rahbari bu tajribani kengaytirib, boşqa poligonlarda ham çiqindini qayta işlaş va muqobil energiya olişni yölga qöyiş zarurligini ta’kidladi.

Örmon xöjaligi

Örmon xöjaligida daraxt bilan qoplangan hududlar atigi 8 foiz ekani aytildi. Köçatçilikni rivojlantirib, çöllarda 221 ming gektar, toğ hududida 15 ming gektar örmonlar barpo qilişga imkoniyat borligi qayd etildi.

Bunda, örmonçilik sohasini rivojlantiriş hamda “Yaşil makon” umummilliy loyihasini amalga oşirişda tubdan yangi tizimni joriy etişga körsatma berildi. Jumladan, boğ va örmonlarni barpo etiş markaziy moliyalaştiriladigan manzilli dastur asosida amalga oşirilişi qat’iy belgilandi.

Gidrometeorologiya

Gidrometeorologiya yönalişida avtomatlaşgan meteorologik stansiyalarni köpaytiriş, gidrologik ölçov uskunalarini avtomatlaştiriş, agrometeorologik xizmat böyiça mobil ilovani işga tuşiriş çoralari belgilandi.