Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) vakili Xitoy hukumatini SARS-CoV-2 koronavirusi manbalarini örganişda hamkorlik qilişga çaqirdi. JSSTning COVID-19 qözğatuvçisi böyiça boş eksperti Mariya van Kerkxove 6 aprel, payşanba kuni Amerikaning nufuzli Science ilmiy jurnalida çop etilgan şarhida xitoylik olimlar Uhandagi bozordan virus namunalari haqida ma’lumot bermaganligini ta’kidladi. 

JSST epidemiologi Xitoy rasmiylarining xatti-harakatlarini oqlab bölmaydigan holat, deb atadi. Uning sözlariga köra, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti Uhandagi ba’zi genetik ma’lumotlar haqida faqat mart oyining örtalarida xalqaro ma’lumotlar bankida qisqaça paydo bölganidan keyin bilib oldi. JSST ekspertining ta’kidlaşiça, bu ma’lumotlar koronavirus tarqalişi dastlabki bosqiçida Uhan bozorining muhim rolidan dalolat beradi. Şu bilan birga, JSST uşbu bozordagi işçilarning qon tekşiruvi natijalari va u yerda sotilgan hayvonlar qaysi fermer xöjaliklaridan bozorga kelgani haqidagi ma’lumotga haligaça ega emas.

JSST eksperti Xitoyni zudlik bilan tegişli ma’lumotlarni taqdim etişga çaqirdi. «Vaqt qança köp ötsa, olimlar uçun yangi epidemiyalarning oldini oladigan tadqiqotlar ötkaziş şunçalik qiyin böladi. Vaqt tugayapti», - deya ogohlantirdi van Kerkxove.

Mart oyi boşida FTB direktori Kristofer Rey AQŞda laboratoriyadan virus sizib çiqişi sababli pandemiya ehtimoli haqidagi munozaralarni jonlantirgan bayonot bilan çiqdi. Van Kerkxovening sözlariga köra, zarur ma’lumotlar yöqligi sababli koronavirus kelib çiqişi haqidagi barça farazlar öz kuçini saqlab qolmoqda. Uning ta’kidlaşiça, Xitoy hali Uhandagi laboratoriya tekşiruvi natijalarini taqdim etmagan. Bundan taşqari, JSST hali ham Xitoyda koronavirusning birinçi holatlari böyiça dastlabki ma’lumotlarga ega emas.