AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyati avvalgi Donald Tramp ma’muriyatini 2021 yil avgustida AQŞ qöşinlarining Afğonistondan tartibsiz ravişda olib çiqilişiga olib kelgan jiddiy nazoratsizliklarda aybladi. Milliy xavfsizlik kengaşi boşçiligida turli razvedka idoralari tomonidan tayyorlangan 12 sahifalik maxfiy hisobotning qisqaça mazmuniga köra, iste’foga çiqqan Tramp ma’muriyati faqat qöşinlarni olib çiqiş sanasini belgilagan, ammo «uni amalga oşiriş uçun heç qanday reja» tayyorlamagan. Oq uy 6 aprel, payşanba kuni hujjatni Kongressga topşirdi.
Tramp şartlari Baydenning qöşinlarni olib çiqiş jarayoni qanday davom etişi haqida qaror qabul qiliş qobiliyatini «juda çeklab qöygan». Hisobotda, şuningdek, avvalgi prezident AQŞ qöşinlari olib çiqilgunga qadar Afğonistonda eng noqulay kuçlar muvozanatini yaratganlikda ayblanadi. Bayden hokimiyat tepasiga kelganida, toliblar 2001 yildan beri eng kuçli harbiy mavqega ega edi, ayni paytda mamlakatda atigi 2500 nafar AQŞ askari bor edi.
Hujjat mualliflari buning sababini Trampning toliblar bilan 2020 yilning fevralida imzolagan kelişuviga köra, Qöşma Ştatlar 2021 yilning mayigaça Afğonistondan barça askarlarini olib çiqib ketişi, toliblar esa AQŞ bölinmalari va ularning ittifoqçilariga hujum qilmaslikka va’da bergani bilan izohlaydi. Natijada, Amerika harbiylarining mamlakatdagi soni keskin kamaydi. Bayden çiqib ketiş muddatini 31 avgustga köçirişga majbur böldi.
Hujjatda aytilişiça, «tört yillik e’tiborsizlik va ba’zi hollarda ataylab yomonlaşuvdan söng» AQŞ qöşinlarining Afğonistondan tartibli ravişda olib çiqilişi uçun zarur bölgan hukumat tuzilmalari «yomon ahvolda» edi. Toliblar hujumidan keyin afğon qurolli kuçlarining bunçalik tez qulaşini heç bir maxfiy xizmat oldindan bila olmagan, deya ta’kidlanadi hujjatda.

















