Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Rossiya bilan parlamentlararo hamkorlik samarali kechayotganini ta’kidladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 aprel kuni Rossiya Federal majlisi Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan o‘tkazgan telefon orqali muloqotda faol parlamentlararo almashinuvlarni davom ettirish va oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishda ishtirok etishning ahamiyati qayd etildi.
Suhbat avvalida davlat rahbari Valentina Matviyenkoni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik va baxt-saodat tiladi.
Ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi, shu jumladan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi sermahsul hamkorlik jadallashib borayotgani, O‘zbekiston-Rossiya do‘stlik va keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.
Mavzuga oid
21:28 / 27.10.2025
Kolorado konchilik maktabi bilan Kompetensiyalar markazi tashkil etiladi
19:29 / 27.10.2025
O‘zbekiston prezidenti AQSh delegatsiyasini qabul qildi
17:44 / 27.10.2025
2026 yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoladi
11:08 / 27.10.2025