Vazirlar Mahkamasining “Içki işlar vazirligi ixtisoslaştirilgan maktab-internati faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasida quyidagilarni nazarda tutuvçi normalar aks ettirilgan:
a) ixtisoslaştirilgan maktab-internat ustavini tasdiqlaş;
b) 2023/2024 öquv yilidan boşlab, Özbekiston tarixi, çet tillari va matematika fanlarini çuqurlaştirilgan holda öqitişni yölga qöyiş;
v) 2024/2025 öquv yilidan boşlab, ixtisoslaştirilgan maktab-internat qabul kvotasini 50 nafardan 100 nafarga oşiriş;
g) 2023-2024 yillarda ixtisoslaştirilgan maktab-internat ma’muriy binosi hududida 500 öringa möljallangan öquvçilar yotoqxonasini quriş, mavjud bino va inşootlarni kapital ta’mirlaş;
d) Toşkent şahar, Uçtepa tumani, M.Şayxzoda köçasi, 64-uy manziliga tutaş hududdagi Toşkent şahar hokimligi zaxirasida bölgan böş turgan 16 sotix yer maydonini Içki işlar vazirligi balansiga ötkaziş va mazkur yer maydonida öquvçilarga möljallangan sport majmuasini quriş.
Şuningdek, loyiha bilan Vazirlar Mahkamasining “Içki işlar vazirligi ixtisoslaştirilgan maktab-internati faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga ixtisoslaştirilgan maktab-internat qabul kvotasini oşirişga qaratilgan tegişli özgartişlar kiritilmoqda.
















