6 aprel kuni Quyoşda kuçli çaqnaş qayd etildi, bu qisqa tölqinli radioaloqa buzilişiga olib keldi, deb yozdi «Izvestiya» Amaliy geofizika instituti (IPG) geliofizik xizmatiga tayanib.
M3.0 tasnifli çaqnaş payşanba kuni ertalab (10:53) qayd etilgan va 28 daqiqa davom etgan.
IPG ma’lumotlariga köra, 7 aprel kuni Quyoşda eng yuqori va eng xavfli X sinfidagi çaqnaşlar sodir bölişi mumkin.
Quyoş çaqnaşlari rentgen nurlanişining kuçiga qarab beş sinfga bölinadi: A, B, C, M va X.
Minimal A0.0 sinfi Yer orbitasidagi radiatsiya quvvatiga mos keladi: kvadrat metrga 10 nanovatt. Keyingi harfga ötişda quvvat 10 barobar ortadi. Çaqnaşlar odatda quyoş plazmasining otilişi bilan birga yuz beradi, ularning bulutlari Yerga yetib kelib, magnit böronlarini qözğatişi mumkin.
1 aprel kuni Quyoş ekvatorida sayyoramizdan 20 marta katta bölgan ulkan teşik paydo bölgan edi. Mutaxassislarning fikriga köra, u «tumşuğini» töğridan töğri Yerga qaratgan. Teşik, öz navbatida, soatiga deyarli 2,9 million kilometr tezlikda Yerga qarab harakatlanadigan quyoş şamolining manbai böldi.
Quyoş şamoli oqimining Yer magnitosferasi bilan töqnaşuvi kuçli magnit böronini keltirib çiqardi. Bugun va erta odamlar magnit böronining ta’sirini yana his qilişadi.
Bunda umumiy zaiflik, boş oğriği, boş aylanişi, uyqusizlik, köngil aynişi, qusiş, şuningdek surunkali kasalliklarning kuçayişi, şuningdek, yurak muammolari: nafas qisilişi, yuqori qon bosimi va yurak urişi ham kuzatilişi mumkin.
Quyoşning öta faolligi davrida yurak, qon tomirlari va asab tizimi kasalliklari bölgan odamlar xavf ostida qoladi.












