Rosstat: 2022 yilda Rossiya iqtisodiyotining pasayishi 2,1 foizni tashkil etdi
Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda neft va gaz sektorining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi oshgan. Ammo bu daromadlar endi pasaymoqda, deya xabar berdi Moliya vazirligi.
2022 yil oxirida Rossiya iqtisodiyotidagi pasayish 2,1 foizni tashkil etdi, bu haqda Rosstatning 7 aprel, juma kuni taqdim etilgan YaIM ishlab chiqarish va undan foydalanish yillik hisobotida aytilgan. Ushbu ma’lumotlar agentlik fevral oyida e’lon qilgan hisob-kitoblardan farq qilmaydi.
Rosstat hisob-kitoblariga ko‘ra, 2022 yilda Rossiya iqtisodiyotidagi pasayishning cho‘qqisi ikkinchi va uchinchi choraklarda sodir bo‘lgan – pasayish mos ravishda 4,5 va 3,5 foizni tashkil qilgan. To‘rtinchi chorakda yillik ko‘rsatkichlarda pasayish 2,5 foizgacha sekinlashdi, deyiladi idora hisobotida.
Shu bilan birga, yil davomidagi birinchi baholashda Rosstat 2022 yilning ikkinchi choragida yalpi ichki mahsulot 4,1 foizga, uchinchisida esa 3,7 foizga pasayganini ta’kidladi, garchi yil davomida umumiy pasayish bir xil darajada qayd etilgan - 2,1 foiz.
Idora yalpi ichki mahsulotning pasayishini savdo, ishlab chiqarish, transport va saqlash tarmoqlarida qo‘shilgan qiymat hajmi indeksini pasaytirish bilan oqladi. Biroq, Rossiya yalpi ichki mahsulotidagi neft va gaz sektorining ulushi 16,8 foizdan 18,1 foizgacha oshdi, deyiladi hisobotda.
Rosstat Rossiya yalpi ichki mahsulotidagi neft va gaz sektori ulushi oshgani haqida hisobot e’lon qilishi bilan bir vaqtda, Rossiya Moliya vazirligi 2023 yil boshida neft va gaz daromadlari keskin pasayganini bildirdi - ular o‘tgan yilga nisbatan 45 foizga quladi.
2023 yilning birinchi choragida budjetga jami 1,64 trillion rubl tushdi, deyiladi vazirlik hisobotida. Bir yil avval Rossiya xuddi shu davrda 3 trillion rublga yaqin daromad olgan edi. 2023 yilning dastlabki uch oyida Rossiya daromadlarining umumiy qisqarishi 2022 yil boshiga nisbatan 20,8 foizga baholandi.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid
22:08
Rossiya mudofaa vaziri O‘zbekistonga keldi
21:16
Xavfsizlik kafolati bo‘lmasa, Putin 10 barobar kuchli armiya bilan qaytadi - Zelenskiy
17:53
Hakerlar «Rostelekom»ni buzib kirdi. Kompaniya foydalanuvchilarga parollarni o‘zgartirishni tavsiya qildi
13:25