Tel-Avivda 7 aprel, juma kuni keçqurun Pesax bayramini nişonlaş vaqtida fuqarolarga avtomobil va öqotar quroldan foydalangan holda hujum uyuştirildi. Favqulodda xizmatlar ma’lumotlariga köra, noma’lum şaxs Kaufman köçasida ötkinçilarga qarata öt oçgan, söngra yaqin atrofdagi Çarlz Klor boğida olomon ustiga maşina haydagan. Maşina ağdarilib ketgan, biroq, guvohlarning sözlariga köra, haydovçi jabrlanuvçilarga yordam bermoqçi bölgan odamlarga qarata öq uzişda davom etgan.

AFP axborot agentligi xabar berişiça, hujumçining harakatlari natijasida kamida bir kişi halok bölgan, yetti kişi yaralangan. Uning özi huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan «zararsizlantirildi» – Isroilning Walla portaliga köra, u voqea joyida öldirilgan. Rasmiy idoralar uning şaxsi haqida batafsil ma’lumot bermayapti, biroq naşrning ta’kidlaşiça, bu 45 yoşli «isroillik arab» bölib, avvalroq mamlakat xavfsizlik xizmatlari e’tiboriga tuşmagan. Hujum oqibatida halok bölgan erkak italiyalik sayyohdir.

Isroil Taşqi işlar vazirligi hodisani «terror hujumi» deb atadi. Voqea fonida Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu zaxiradagilar orasidan qöşimça politsiya va harbiy kuçlarni safarbar qilişga çaqirdi.

7 aprel kuni ertalab Isroilda navbatdagi hujum uyuştirildi – Iordan daryosi hududida noma’lum şaxslar uç ayol bölgan maşinaga qarata öq uzdi. Huquq-tartibot xodimlari versiyasiga köra, maşinaga boşqa maşinadan öt oçilgan, u boşqaruvni yöqotib, töxtagaç, noma’lum şaxslar yölovçilarga qarata öq uzgan. Natijada ikki qiz — 21 va 16 yoşli opa-singillar halok böldi, onasi esa şifoxonaga yetkazildi. Voqea sodir bölgan hududda nazorat-ötkaziş punktlari örnatilgan, biroq hujumçilarning hibsga olingani haqida xabar berilmagan.

Pesaxning birinçi kuni, 5 aprelda Al-Aqso masjidida falastinliklar va Isroil xavfsizlik kuçlari örtasida töqnaşuvlar yuz berdi. OAV xabariga köra, tartibsizliklarga politsiyaning masjidda pirotexnika vositalari, tayoq va toşlar olib kelgan bir guruh yoşlarni haydab çiqariş operatsiyasi sabab bölgan.

Şundan söng, 6 aprel kuni Isroil Livan hududidan raketa zarbalariga uçradi. Isroil armiyasi ma’lumotlariga köra, mamlakat hududiga 34 ta raketa uçirilgan, ulardan 25 tasi havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan muvaffaqiyatli tutib olingan.