Xitoy qurolli kuçlari Tayvan oroli atrofidagi dengizda uç kunlik «Qöşma ötkir qiliç» harbiy maşğulotlarini boşladi. Bu haqda 8 aprel, şanba kuni Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi jangovar qömondonligining Şarqiy zonasida ma’lum qilindi.
Pekin «Tayvan böğozining dengiz hududlari va havo hududiga, orolning şimoliy va janubiy qirğoqlari yaqiniga, şuningdek, orolning şarqiy qismiga» samolyotlar, kemalar va xodimlarni yubormoqda», — dedi Xalq-ozodlik armiyasi vakili.
«Tezkor guruh bir vaqtning özida Tayvan oroli böylab patrul va qöriqlaşni taşkil qiladi, keng qamrovli qurşov va tösiq pozitsiyasini şakllantiradi», deya ma’lum qildi keyinroq CCTV davlat teleradiokompaniyasi.
Xitoy «uzoq masofaga uçuvçi raketa artilleriyasi, dengiz esminetslari, raketa katerlari, havo kuçlari qiruvçi samolyotlari, bombardimonçi samolyotlar, radio-aloqaga qarşi çoralar va tankerlarni» joylaştiradi», — deyiladi xabarda.
Pekin bu manyovrlarni Tayvan rasmiylariga «qattiq ogohlantiriş» deb atadi.
Ayni paytda, Tayvan ma’muriyati boşliği Tsay Inven maşğulotlar fonida Vaşington bilan hamkorlik davom etişini tasdiqladi. Tayvan «erkinlik va demokratiya qadriyatlarini birgalikda qöllab-quvvatlaş uçun AQŞ va boşqa hamfikr davlatlar bilan işlaşda davom etadi», dedi Tsay Taypeyda AQŞ Kongressi yuqori martabali rasmiylari bilan uçraşuvda.

















