Özbekistonlik boksçi Isroil Madrimov (9-0-1, 6 KO) AQŞning San-Antonio şahrida navbatdagi jangini ötkazdi. 
 
Örta vazn (-72,57 kg) toifasidagi jangda özbekistonlik boksçiga Rafael Igbokve (16-4, 7 KO) raqiblik qildi.

Dastlabki raundda boksçilar teng kuraş olib bordi, Madrimov sönggi soniyalardagi kuçli zarbasi orqali raundni muvaffaqiyatli yakunladi.

Keyingi raundlar Özbekiston vakilining ustunligida ötdi.

10 raund davom etgan jangda Madrimov Igbokve ustidan 100-90, 99-91, 99-91 hisobida ğalaba qozondi va profi boksdagi 9-ğalabasini qölga kiritdi.

Mazkur boks oqşomida yana bir özbekistonlik boksçi, professional boksning birinçi yarim yengil vazn toifasida (-55,3 kg) WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (11-1, 8 KO) ham IBF yönalişida majburiy da’vogar Marlon Tapalesga (37-3, 19 KO) qarşi ringga çiqdi.

Jang 12 raund davom etdi va hakamlar qaroriga (118-110, 113-115, 113-115) köra, filippinlik boksçi kiçik ustunlik bilan ğalaba qozondi.