Ukrainada uruşning 409-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Polşa Kiyevga Rosomak rusumli 200 ta zirhli transportyor berişga rozi bölganini aytdi. Avvalroq bunday maşinalardan faqat 100 ta yetkazib berilişi aytilgandi.
- Ukrainaning bosib olingan hududlaridan Rossiyaga olib ketilgan bolalardan 31 nafari qaytarildi.
- Armaniston politsiyasi dezertirlikda gumonlanib qidiruvda bölgan Rossiya fuqarosini qölga oldi.
- The Times ma’lumotiga köra, 2022 yil oktyabrida 600 nafarga yaqin ukrain harbiysi Zaporijjya AESni RF armiyasidan qaytarib oliş uçun amaliyot ötkazgan, ammo bu uriniş muvaffaqiyatsizlikka uçragan.
- The New York Times gazetasi AQŞning Ukraina, Xitoy, Hind-Tinç okeani mintaqasi va Yaqin Şarqqa taalluqli 100 dan ortiq hujjati sizdirilgani haqida xabar tarqatdi.
- Xarkiv oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov Kupyansk rayoni öqqa tutilişi oqibatida 65 va 34 yoşlarda bölgan ikki erkak halok bölganini xabar qildi.
Kun kadri. Slovyansk va Izyum orasidagi yöl

Marek M. Berezowski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Rossiya hududidan ota-onalariga qaytarilgan ukrainalik bolalar

Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA







































