1,6 trln söm mablağni öz içiga olgan “Taşabbusli budjet” loyihasining 2023 yil 1-mavsumi yakunlandi. 18 mart soat 10:00 dan 7 aprel soat 10:00 ga qadar davom etgan jarayonda Özbekiston böylab “Openbudjet” portali orqali 33 680 ta taşabbus uçun 16 milliondan ortiq ovoz berildi. Ovoz beriş jarayoni yakunlariga köra, 1 666 ta loyiha ğolib deb topilgan.

Loyihaning joriy yilgi 1-mavsumida Farğona viloyatidan 133 ta loyiha ğolib deb topilib, unga jami 148 755 000 000 söm mablağ ajratildi. Oltiariq tumanining Kömirçi mahallasi ham bu yil yana ğoliblar safidan joy olgan.

“Mahallamizda 3 677 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Şu kungaça taşabbusli budjetning uçta bosqiçida mahallaning jami 5,5 km içki yöllari asfaltlandi. Bu törtinçi ğoliblikda yana 2,7 km masofadagi köçalar asfalt böladi. “Taşabbusli budjet” loyihasi taşkil etilgandan beri mahallamiz törtinçi marta ğolib bölişi.

Salimjon Şukurov. Kömirçi mahallasi raisi

Navbati bilan köçalar asfaltlaştirilyapti. Bu safar ham 11 385 ta ovoz yiğib, Oltiariq tumani böyiça 1-örinni egalladik. 1 mlrd 200 million söm mablağ ajratildi. Yoş-u qari hamjihatlikda ovoz yiğildi.

Keyingi mavsumda ham ğolib bölib 2,5 km köçani asfalt qiliş rejasi bor. Har galgidek bu safar ham ğolib bölganimizni özgaça nişonladik”,– deydi Kömirçi mahallasi raisi Salimjon Şukurov.

Mahalla faoli Tohirjon Tojiyev yoş-u qari ğalabani özgaça nişonlaşgani haqida sözladi.

Tohirjon Tojiyev

“Taşabbusli budjet” loyihasi mahalla obodonçiligi yölida xizmat qilmoqda. Ikkinçidan, loyiha mahalla ahlini jipslaştiryapti. Kömirçiliklar yoşlarimiz uyuşqoqligi bilan har yili loyiha ğolibiga aylanişyapti. Ötgan mavsumda abgor yöllarimizning köp qismi obod böldi.