Xitoyning Kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazi olimlari COVID-19 pandemiyasining boşida, ya’ni 2020 yil yanvar oyida Uhan bozoridagi dengiz mahsulotlari namunalarini örganişdi.
Ammo tadqiqot natijalari Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) talabidan keyin Nature jurnalida faqat hozir e’lon qilinmoqda.
Qayd etilişiça, xitoylik olimlar kovid bilan kasallangan dastlabki bemorlardan biri Uhan bozoriga borganini aniqlagaç, tadqiqotni boşlagan.
Hammasi bölib, ular Uhan dengiz mahsulotlari va hayvonlar bozoridan olingan 1380 ta namunani tekşirişdi. Tahlil uçun atrof-muhitdan 923 ta va 18 turdagi hayvondan 457 ta namuna olindi.
Virus atrof-muhitdan olingan 73 ta namunada aniqlangan, biroq hayvonlardan olingan namunalarning heç birida topilmagan. Olimlar taxminiga köra, odamlar virusni dengiz mahsulotlaridan yuqtirgan bölişi mumkin.
Şu bilan birga, xitoylik tadqiqotçilar uşbu topilmalar koronavirusning hayvondan odamga yuqişi natijasida paydo bölganini isbotlaş uçun yetarli emasligini ta’kidlamoqda. Olimlar koronavirusning kelib çiqişi noaniqligiça qolmoqda degan xulosaga borgan.
Ğarb olimlari faqat uç yildan söng çop etilgan tadqiqot natijalarini sinçiklab talqin qilişga çaqirişdi. Ular pandemiyaning dastlabki davrida koronavirus manbasini aniqlaş uçun kengroq tadqiqotlar ötkaziş zarurligiga işora qilişdi.
JSST olimlari uzoq vaqtdan beri koronavirus qayerdan kelib çiqqanini aniqlaşga harakat qilmoqda. Taşkilot hatto öz mutaxassislarini Xitoyga yubordi, ammo bu heç qanday natija bermadi.
Fevral oyida JSST rahbariyati koronavirusning kelib çiqişi böyiça tadqiqotlar boşi berk köçaga kirib qolganini tan oldi va Xitoyni kasallik, ayniqsa uning tarqalişining dastlabki bosqiçlari haqidagi ma’lumotlarni baham körişga çaqirdi.













