Harbiy-öquv maşqlari, odatda geosiyosiy va geostrategik hamkorlar, döstlar, tarafdorlarni aniqlaş va jipslaştirişga xizmat qiladi. Davlatlar, aynan harbiy-öquv maşqlari orqali, “döst va duşman” davlatlar obrazini modellaştirişadi.

Sobiq SSSR qulagaç, Armaniston muttasil Rossiya Federatsiyasiga oriyentir oldi, özining xavfsizligi, geosiyosati va geoiqtisodiyotini aynan rasmiy Moskva bilan boğladi. Vaqti-vaqti bilan, Armaniston ham muqobil qaraş va oriyentirlarni paypaslab kördi. Lekin, umumiyat-la, Rossiya ta’siridagi davlat böldi.

Kavkazorti uçta respublikaning ikkisi şu paytga qadar ğarbga yuzlangan edi. Ozarboyjon avtoritar davlat sifatida qabul qilinadi. Lekin, taşqi siyosatda, uning muhim ittifoqçilari – bular Turkiya, AQŞ va Isroil. Lekin Ozarboyjon NATOga a’zo böliş haqida lom-mim demaydi. Qolaversa, “global qöşilmaslik harakati”ning yetkaçilaridan. Bu bilan, Boku Moskva va Vaşingtonga mujda berib, “men KXŞTga ham, NATOga ham intilmayman” deydi.

Gruziya esa, bugun ança ehtiyotkor. Saakaşvili davrida, Gruziya Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo bölişni taşqi yönalişdagi oliy davlat siyosati sifatida e’lon qilgan edi. Saakaşvili ketgaç, bugungi Gruziya hukumati Yevropa Ittifoqiga intilişda davom etmoqda. NATO harbiy-öquv maşqlarida ham iştirok etadi. Lekin, umumiy ritorika, Rossiyaga qarşi qaratilmaganini urğulaş bilan farqlanadi. Gruziyaning ikki hududi Rossiya yordamida separatizmga yuz tutgaç, bugungi Gruziya mana şu hududlarni qaytariş ilinjida, Rossiya bilan ijobiy böliş yeki salbiy bölmaslik siyosati olib boradi.

Armaniston hokimiyatiga 2018 may oyida Nikol Paşinyan kelgaç, uning Putin bilan munosabatlari, oldingi armani liderlarga nisbatan ança sovuq böldi. Misol uçun, sobiq prezidentlar Robert Koçeryan va Serj Sarkisyanlar bilan, Putinning munosabatlari juda işonçli edi.

2020 yilning kuzida, Ozarboyjon va Armaniston örtasida, Toğli Qoraboğ uçun uruş böldi. Rasman, xalqaro darajada, Toğli Qoraboğ – Ozarboyjonning yeri. Lekin 1990 yillarning boşida, bu xudud Armaniston tomonidan bosib olingan edi. Öşa 2020 yil, sentabr-oktabr oylari davomida, Paşinyan Putindan köp marta yordam söradi. Bu ikki davlatni boğlab turuvçi KXŞTni uruşga jalb qilişni söradi. Bunga javoban Putin: “Agar Ozarboyjon Armaniston hududiga bostirib kirsa, KXŞT albatta yordamga boradi” dedi. Ya’ni bu bilan Putin “Toğli Qoraboğ – Ozarboyjonning yeri” degan mujdani bildirgan edi.

Şu yilning yanvar oyida Armanistonda KXŞTning navbatdagi harbiy-öquv maşqlari bölişi kerak edi. Lekin Armaniston tarafi bu öquv maşqlarni bekor qiladi. Paşinyan “Rossiya Ukrainaga bostirib kirgaç, Ozarboyjon tarafi ğarbga bizni tajovuzga tayyorgarlik körayotgandek körsatmoqçi. Ya’ni Armaniston va Rossiya, birgalikda, Ozarboyjonga bostirib kiriş uçun tayyorlanmoqda, degan xabarlar tarqatmoqda. Bizning niyatimiz unday emas edi. Lekin biz bu öquv maşqlarini bekor qilişga majburmiz”, ohangida bayonotlar beradi.

Aslida, rasmiy Yerevanda geosiyosiy kayfiyat özgarmoqda. Özining geosiyosiy manfaatlarini Rossiyaga boğlagan Armaniston, Rossiyadan uzoqlaşiş va ğarb bilan yaqinlaşiş yöliga tuşdi. Lekin bu jarayon tekis va tez ketmasligi aniq.

Özbekiston Armaniston bilan 1995 yilning oktyabrida diplomatik aloqalar örnatgan, lekin şu paytga qadar Kavkazorti respublikalaridan faqat Armanistonda Özbekistonning elçixonasi yöq. Buning sababi, Özbekiston Ozarbajonning hududiy yaxlitligi tarafdori bölib kelganidir.

Armanistonning AQŞ va NATOga yaqinlaşuvi bilan, Kavkazorti respublikalarining barçasi, u yoki bu darajada Ğarbga oriyentir olgan davlatlar bölişdi. Ya’ni butun kavkazorti mintaqasi Rossiyadan ma’lum darajada masofa saqlaş tafakkuridagi hududga aylandi. Demak, possovet hududida, faqat Markaziy Osiyo RF bilan eng ijobiy aloqalarni saqlab qolayotgan mintaqa bölib qolmoqda.

Kamoliddin Rabbimov,
siyosatşunos