Ayni damda Rossiya qariyb olti oydan beri bosib olişga urinayotgan Ukraina şarqidagi Baxmutga e’tibor qaratilgan bölsa-da, uruşning buriliş nuqtasi boşqa joyda sodir böladi. Bu fikrni 9 aprel, yakşanba kuni London Qirollik kollejining katta ilmiy xodimi Mayk Martin DW'ga bergan intervyusida aytib ötdi.
«Rossiya ta’minot liniyalarini kesişga harakat qiladi va bu ukrainaliklarning çekinişiga olib kelişi mumkin. Ammo ukrainaliklar bu ta’minot liniyasini uşlab tura olsalar, Baxmutni saqlab qolişadi», - dedi Martin. Uning sözlariga köra, Ukraina Qurolli kuçlari Baxmutni faqat Rossiya tomonining harakatlarini boğlaş maqsadida uşlab turişdan manfaatdor. Biroq, ekspert boşqa joylarda, masalan, Zaporijjyada uruşda buriliş nuqtasi bölişini kutmoqda.
Martinning sözlariga köra, RF Qurolli kuçlari Baxmutda «juda va juda qobiliyatsiz» harakat qilyapti. Ayni damda ular şaharni uç tomondan nazorat qilmoqda, biroq Ukrainaning barça kuçlarini tuzoqqa tuşira olişmadi, deya qöşimça qildi ekspert. Uning sözlariga köra, rus harbiylari şahar markazidagi bino ortidan binoni egallab, oldinga siljimoqda. «Şunday qilib, Rossiya tomonida olğa siljiş bor, lekin bu juda sekin va buning uçun yuqori narx tölaşi kerak bölyapti», dedi DW suhbatdoşi.
Uning aniqlik kiritişiça, agar ilgari maxsus xizmatlar asosan aloqalarni tinglaş va sun’iy yöldoş tasvirlaridan foydalanib, turli kuçlarning joylaşuvini örganişga tayangan bölsa, endi ular asosan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi. «Barça razvedka xizmatlari Twitter va Telegram'da ötiribdi hamda barça yuklangan videolarni tomoşa qilmoqda. Bu ularga sodir bölayotgan voqealarning haqiqatdan ham eng sönggi tahlilini oliş imkonini beradi», deb qöşimça qildi Martin.


















