Tahlilçilarga köra, Rossiya kuçlari aholi punktlarini yerdan hujum qilişdan oldin ularni yöq qiliş uçun kuçli artilleriya öqlaridan foydalanmoqda, bu esa piyodalarning samarali hujumlariga bölgan ehtiyojni qoplaydi.
Bundan taşqari, bunday öq uziş samolyotlarning Ukraina havo hujumiga qarşi mudofaa tizimiga zarba beriş xavfini tuğdiradigan aniq boşqariladigan kam sonli öq-dorilar yordamidagi havo hujumlarini almaştiradi.
Biroq, «Rossiyada artilleriya öq-dorilarining doimiy yetişmasligi RF Qurolli kuçlarining zaif tomonlari örtasida muvozanatni topişda davom etiş qobiliyatiga putur yetkazadi», deb ta’kidlaydi ISW ekspertlari.
Ayni paytda, Rossiyaning Ukraina yagona energetika infratuzilmasini raketa hujumlari bilan yöq qiliş kampaniyasi mutlaqo muvaffaqiyatsizlikka uçradi va Moskva bu sa’y-harakatlardan voz keçganga öxşaydi, deydi tahlilçilar Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining şunga öxşaş tezisini takrorlab.
Avvalroq ISW Rossiya Ukraina armiyasi tomonidan kutilayotgan qarşi hujum arafasida Ğarbning Ukrainaga harbiy yordamini töxtatiş uçun yadroviy tahdiddan foydalanayotgani haqida yozgandi.
Qayd etilişiça, Vladimir Putin va Aleksandr Lukaşenkoning uçraşuvi çoğida Kreml «Ğarbning harbiy yoki terroristik tahdididan himoyalaniş bahonasida Belarusni Ittifoq davlati doirasida yanada integratsiyalaşuvga majburlaşga harakat qilgan».


















