Prezidentning “2023 yilda qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqariş, qayta işlaşni kengaytiriş va qöllab-quvvatlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori imzolandi.

Hujjat bilan 2023 yilda qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişning prognoz hajmlari tasdiqlanmoqda – jami 46 mln tonnadan ziyod.

2023 yilda 100 ming gektardan ziyod yer maydonlari qişloq xöjaligi sohasiga qayta foydalanişga kiritiladi.

Qoraqalpoğiston Respublikasida çorvaga ozuqa yetiştiriş uçun aholiga dehqon xöjaligi yuritiş maqsadida beriladigan yerlarning maydoni 2 gektardan 5 gektarga oşiriladi.

Qaror bilan 2023 yilga möljallangan çora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan bölib, unda quyidagi tadbirlar közda tutilgan: 

  • «Oziq-ovqat xavfsizligi töğrisida»gi qonun loyihasini işlab çiqiş; 
  • «Qişloq xöjaligi kooperativi» töğrisida qonun qabul qiliş; 
  • hududlarda 10 ta agrologistika markazlari va 41 ta sovitkiçli siğimlarni taşkil etiş; 
  • Ye-IJARA tizimi orqali aholiga 92,6 ming gektar yer maydonini dehqon xöjaligini taşkil etiş maqsadida oçiq elektron tanlov orqali ajratiş; 
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi va Qaşqadaryo viloyatida Avstraliyaning «Rubikon» kompaniyasi tajribasi asosida suv resurslarini boşqariş jarayonini avtomatlaştiriş loyihasini amalga oşiriş; 
  • suv resurslaridan foydalanişni raqamlaştiriş; 
  • Qişloq xöjaligi vazirligining Geoaxborot tizimini internet tarmoğiga joylaştiriş va barça foydalanuvçilar uçun erkin foydalanişni yölga qöyiş.