Birlaşib özgan böstonliklar
Uyçi tumani Böston mahallasida uzoq yillar avval yotqizilgan asfalt vaqt ötişi bilan yöqolib borgan va bugungi kunda öta abgor holatga kelib qolgandi. Qiş kunlari mahallaning köçalari tizza barobar loy bölib ketaveradigan darajada edi. Avvalroq mahalladagi tadbirkorlar köçalarga şağal yotqizgan. Biroq ozroq vaqt ötgaç u ham iş bermay, köçalardagi çuqurlar köpayib, öta notekis holatga kelib qolgan.

«Taşabbusli budjet» loyihasining ilk bosqiçi mahallaning 7 yoşdan 70 yoşgaça yoş-u qarisini birlaştirdi, natijada birlaşgan böstonliklar ğoliblikni qölga kiritdi.
Asfaltdan söng çiroqqa
Norin tumanining Uçtepa mahallasi aholisi ikkinçi marta «Taşabbusli budjet» doirasida öz loyihaci bilan ğolib böldi. Avvalgi yilda mahallani asfalt qiliş böyiça loyiha bilan ğoliblikka erişilgan bölsa, bu safar uçtepaliklar elektr tarmoqlarini zamonaviysiga almaştiriş, quvvati kattaroq yangi transformator punkti örnatiş böyiça ğolib bölişgan.

Ma’lumot uçun, 2023 yilgi «Taşabbusli budjet» loyihasining birinçi bosqiçi doirasida Namangan viloyatining 779 mahallasi öz taşabbusli loyihalari bilan qatnaşgan.











