Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Davlat departamenti: WSJ jurnalisti Rossiyada noqonuniy ushlab turilibdi
Vashington Kremlning mustaqil jurnalistlarga bosimini qoraladi. Evan Gershkovich Rossiyada josuslikda ayblanib hibsga olingan.
AQSh Davlat departamenti The Wall Street Journal (WSJ) muxbiri Evan Gershkovichga «Rossiyada noqonuniy ushlab turilgan» maqomini berdi. Bu haqda AQSh TIV vakili Vedanta Patelning 10 aprel, dushanba kuni Davlat departamenti saytida chop etilgan bayonotida aytiladi.
«Jurnalistika jinoyat emas. Biz Kremlning Rossiyada mustaqil ovozlarni bostirishda davom etayotganini va haqiqatga qarshi olib borayotgan urushini qoralaymiz», - deyiladi bayonotda. Bundan tashqari, Davlat departamenti Moskvani yana bir bor Rossiya sudi tomonidan 2020 yil iyun oyida josuslik uchun qattiq tartibli koloniyaga 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Pol Uilanni ozod qilishga chaqirdi.
«Noqonuniy ushlab turilgan» maqomi Vashington uni ozod qilish uchun qo‘shimcha mexanizmlardan foydalanish imkonini beradi. Xususan, u olinganidan so‘ng, Amerika fuqarosini almashish bo‘yicha muzokaralar olib borish mumkin.
Avvalroq Rossiya mustaqil OAV jurnalistlari va jamoat arboblari Gershkovichni ozod qilishga chaqirgan ochiq xat e’lon qilgan edi. Xatni imzolaganlar orasida Sergey Parxomenko, Aleksandr Plyushchev, Janna Nemsova, Mixail Zigar, Galina Timchenko, Tixon Dzyadko, Sergey Smirnov, Tatyana Felgengauer va boshqa mustaqil ommaviy axborot vositalari rahbarlari va jurnalistlari, shuningdek, jamoat arboblari bor.
Mavzuga oid
18:19 / 08.07.2026
AQShda tor xonada bir necha yil saqlangan 16 bola topildi
15:08 / 08.07.2026
Tramp: Eron bilan tuzilgan muvaqqat kelishuv «tugadi»
13:28 / 08.07.2026
Eron Bahrayn va Kuvaytdagi AQSh harbiy obektlarini nishonga oldi
12:20 / 08.07.2026