Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh generali: Ukraina Qrimni yoz oxirigacha ozod qilishi mumkin
Qrimga muvaffaqiyatli hujum qilish uchun Ukrainaga G‘arbdan uzoq masofali aniqlikdagi qurollar kerak, dedi AQShning Yevropadagi kuchlari sobiq qo‘mondoni Ben Xodjyes DW nashriga bergan intervyusida.
Foto: Cour
Joriy yilning avgust oyi oxirigacha Ukraina qo‘shinlari G‘arb Kiyevni uzoq masofaga uchuvchi aniq qurollar bilan ta’minlasa, Rossiya tomonidan annexia qilingan Qrim yarimorolini ozod qila oladi. Bunday fikrni 10 aprel, dushanba kuni AQShning Yevropadagi kuchlari sobiq qo‘mondoni, iste’fodagi general-leytenant Ben Xodjyes DW nashriga bergan intervyusida bildirdi.
«Menimcha, Ukraina Bosh shtabi tegishli sharoitlar yaratilsa, qarshi hujumga aylanadigan narsaga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rdi. Bunda ob-havo sharoiti hisobga olinadi. Ukraina Qurolli kuchlari yetarlicha tayyorgarlikdan o‘tadi va o‘z logistikasini quradi. O‘ylaymanki, biz juda professional, juda samarali hujumga guvoh bo‘lamiz hamda uning maqsadi bu yil Qrimni izolyatsiya qilish va uning ehtimoliy ozod etilishi uchun sharoit yaratish bo‘ladi», dedi Xodjyes.
DW'ning Ukraina Qurolli kuchlari yozda Qrimga yetib borishi haqidagi oldingi o‘z prognozlariga nisbatan qanday fikrda, degan savolga javob berar ekan, AQShning Yevropadagi kuchlari sobiq qo‘mondoni shunday dedi: «Ha, lekin avgust oyining oxirigacha. Ukraina Qrimni ozod qila oladi, ammo men har doim shunday shart haqida aytib kelganman - agar biz ularni uzoq masofaga uchuvchi aniq qurollar bilan ta’minlasak. Ha, ular buni albatta qila oladi».
Mavzuga oid
13:19
Ukraina Oryol, Lipetsk, Voronej va Rostovga dronlar bilan hujum qildi
12:15
BMT Bosh Assambleyasi Ukrainadagi RF harakatlari haqidagi rezolyutsiyani yangiladi
10:44
Bolton: Ukraina NATOga kirishga intilishdan voz kechmasligi kerak
09:47