Jahon banki O‘zbekiston hukumatiga pensiya yoshini oshirishni tavsiya qildi
O‘zbekiston pensiya yoshi ayollar uchun 55, erkaklar uchun 60 yoshni tashkil etayotgan yagona sobiq sovet respublikasidir.
Bu haqda Jahon bankining (JB) 2022 yil dekabrida e’lon qilingan «Inson kapitali va suv infratuzilmasiga xarajatlar samaradorligini oshirish» sharhida aytilgan.
JB ma’lumotlariga ko‘ra, 1990-yillardagi o‘tish davri islohotlari jarayonida ko‘plab mamlakatlar pensiya yoshini 2-3 yilga oshirgan. 2000-yillarning ikkinchi o‘n yilligida mamlakatlar uzoq vaqt kechiktirilgan pensiya yoshi bo‘yicha islohotlarni boshlaganida (Ukraina, Belarus, Rossiya) oshirishning ikkinchi to‘lqini boshlandi. Ilgari pensiya yoshini oshirgan mamlakatlar ushbu bosqichda ayollar va erkaklarning pensiya yoshini bosqichma-bosqich tenglashtirishga alohida e’tibor qaratdi (Ozarboyjon, Armaniston, Moldova, Litva va Qozog‘iston). Estoniya, Latviya, Litva va Ozarboyjonda pensiya yoshi ayollar va erkaklar uchun 65 yoshga ko‘tarildi.
«Pandemiya va yuqori ishsizlik davrida pensiya yoshini oshirishni boshlash maqsadga muvofiq emas. Ammo amaliyot shuni ko‘rsatadiki, qaror qabul qilingan paytdan boshlab uni amalga oshirish boshlanishigacha, pensiya yoshidagi xodimlarga hayot rejalarini o‘zgartirishi uchun moslashishga vaqt berish tavsiya etiladi», deyiladi sharhda.
JB ekspertlari fikriga ko‘ra, 202-2030 yillarga mo‘ljallangan milliy ijtimoiy himoya strategiyasi doirasida pensiya yoshini 2025 yildan boshlab sekin (yiliga 3-4 oy) 65 yoshgacha oshirishni nazarda tutuvchi qaror qabul qilish eng yaxshi variant bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, kelajakda bu mehnatga layoqatli va pensiya yoshidagi aholi o‘rtasida chegarani bosqichma-bosqich o‘zgartirib, demografik bosimini kamaytiradi. Ishchi kuchining demografik o‘sish salohiyati tugagunga qadar (2040-yillarning o‘rtalarida) buni amalga oshirish uchun mamlakatda vaqt bo‘lishi juda muhim, chunki bu milliy raqobatbardoshlik masalasidir.
«Qo‘shni mamlakatlarda tug‘ilish va pensiya yoshi sezilarli darajada yuqori, bu esa ularga ma’lum afzalliklarni beradi. Uzoq muddatli istiqbolda pensiya yoshini oshirish pensiya tizimi va davlat moliyasining moliyaviy barqarorligini ta’minlashga yordam beradi», deb xulosa qildi JB ekspertlari.
Mavzuga oid
07:54 / 23.11.2024
Ukraina Jahon bankidan deyarli 5 mlrd dollar oladi
17:27 / 06.11.2024
Jahon banki iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga ta’sirini baholadi
08:30 / 01.11.2024
Pensiya tayinlash va to‘lashda byurokratiya qisqartiriladi
07:20 / 30.10.2024