Jahon | 18:22 / 11.04.2023
17753
2 daqiqa o‘qiladi

London: Rossiya hujum qilish uchun desantchilarni qurollantiryapti

Foto: RIA Novosti

Britaniya harbiy razvedkasi Rossiya havo-desant qo‘shinlarining («VDV») Ukrainadagi hujum operatsiyalaridagi roli ortib borayotgani haqida yozdi

Britaniya Mudofaa vazirligi tomonidan Twitter’da e’lon qilingan kundalik hisobotda Rossiya OAVning 3 apreldagi TOS-1A «Solnsepek» og‘ir o‘tsochar (ognemyot) tizimlari havo-desant kuchlariga topshirilgani haqidagi xabarlariga tayanib berilgan. 

Termobarik snaryadlar bilan o‘qqa tutadigan ushbu tizimlar odatda Rossiyaning ixtisoslashtirilgan radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa kuchlari tomonidan qo‘llaniladi va ilgari havo-desant kuchlarida foydalanishda bo‘lmagan. 

Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, TOS-1A’ning topshirilishi, ehtimol, Ukrainadagi hujum operatsiyalarida desantchilarning kelajakdagi rolini ko‘rsatadi. 

«Bu urushning dastlabki to‘qqiz oyida katta yo‘qotishlarga uchragan havo-desant kuchlarini tiklash bo‘yicha qilingan sa’y-harakatlarning bir qismidir», deyiladi hisobotda.

Mavzuga oid