Ta’kidlanişiça, sönggi yillarda işlab çiqariş korxonalari, avtomobillar sonining köpayişi atmosferaga çiqarilayotgan taşlamalar miqdorining sezilarli ortişiga sabab bölmoqda. Bu respublikada, ayniqsa, Toşkent şahrida havoning ifloslaniş darajasi oşişiga xizmat qilmoqda.

2022 yil yakuniga köra, havo ifloslanişi böyiça xalqaro havo indeksi reytingida Toşkent şahri 20-örinni egallagan.

Bugungi kunda respublikada 4 mlnga yaqin avtotransport vositalari mavjud bölib, şundan 100 mingtasi nosoz hisoblanadi. Ulardan atmosferaga bir yilda örtaça 1,3 mln tonna zararli taşlamalar taşlanadi, bu umumiy taşlamalarning 63,0 foizini taşkil etadi (uşbu körsatkiç Toşkent şahrida 88 foizga teng).

«Transport vositalari sonining kundan-kunga ortişi natijasida taşlamalar miqdori 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 26 ming tonnaga köpaygan. Bunga foydalaniladigan yoqilği turining sifati, aholining jamoat transportlaridan yetarli darajada foydalanmasdan, öz avtotransport vositalarida yurişlari, avtoulov egalarining öz avtotransportlarining texnik sozligiga yetarli darajada e’tibor qaratmasliklarini asosiy sabablar sifatida keltiriş mumkin», — deyiladi Tabiat resurslari vazirligi xabarida.

Tadbir davomida respublikaning barça hududlaridagi yöl-patrul maskanlarida, viloyat, tuman (şahar)lar markaziy köçalarida benzin, dizel, tabiiy siqilgan va suyultirilgan gazda harakatlanadigan avtotransport vositalarining atmosfera havosiga taşlanayotgan zararli gazlar miqdori maxsus asbob-uskunalar orqali körikdan ötkaziladi.

Qayd etilişiça, tadbir doirasida 79 ta yöl-patrul maskanlarida körik nuqtalari, viloyat va şaharlar markaziy köçalarida köçma postlar taşkil etilib, ularga 500 nafar xodim jalb etiladi. Tadbir 10 maygaça davom etadi.