Rossiya Tergov qömitasi raisi Aleksandr Bastrikin «Interfax»ga bergan intervyusida xorijliklar örtasidagi jinoyatçilik, noqonuniy migratsiya xavfi va migratsiya siyosatini takomillaştiriş böyiça takliflar haqida gapirdi.

«Ijtimoiy keskinlikni pasaytiriş maqsadida mehnat migrantlarini Rossiya fuqarolari bilan almaştiriş, vatandoşlarni munosib darajada ijtimoiy va mehnat kafolatlari bilan ta’minlaş böyiça yöl xaritasini şakllantiriş maqsadga muvofiqdir. Rossiya fuqarolari orasidan işçi kuçidan foydalanişning rotatsion usulini joriy etiş, ularni iqtisodiy rivojlaniş darajasi past bölgan hududlardan köp sonli işçilarni jalb qiliş zarur bölgan hududlarga köçiriş mexanizmini işlab çiqiş lozim», dedi u.

Bundan taşqari, Bastrikin iş beruvçilar zimmasiga mehnat migrantlarini uy-joy bilan ta’minlaş, Rossiyadagi iş joyiga boriş va mehnat şartnomasi tugaganidan keyin mamlakatdan çiqib ketiş uçun transport xarajatlarini qoplaş majburiyatini yuklaşni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.

«Çet el işçi kuçidan foydalanganlik uçun salmoqli soliqni joriy qiliş lozim, Rossiya mehnat resurslaridan foydalanuvçi tadbirkorlarni esa iqtisodiy rağbatlantiriş mexanizmini ham işlab çiqiş kerak», dedi u.

Uning sözlariga köra, zamonaviy migratsiya jarayonlari dunyoning köplab mamlakatlarida asosiy muammolardan biriga aylangan va ijtimoiy keskinlikning kuçayişiga, şuningdek, etnik va diniy asosdagi nizolarning kelib çiqişiga sabab bölayotgan omillardan biri hisoblanadi.

Şu bilan birga, u migrantlar iştirokidagi jinoyatlar oşib borayotganini qayd etib, ularning tajovuzkorligining kuçayişi sabablarini rus mentalitetiga moslaşmaganlik deb atadi.

«Bu, şuningdek, iş beruvçilar tomonidan ularning yaşaşi uçun ijtimoiy-maişiy şaroitlarni notöğri taşkil etiş bilan boğliq. Şu munosabat bilan, migrantlarning yanada samarali moslaşişi uçun Rossiya sub’yektlarining davlat hokimiyati organlari, mahalliy hokimiyat organlari zimmasiga mahalliy etnik-madaniy birlaşmalar (diasporalar) bilan özaro aloqa va hamkorlikni rivojlantiriş mas’uliyatini yuklaş muhim», dedi Bastrikin.

Uning ta’kidlaşiça, jinoyatlarning aksariyati örta yoşli migrantlar tomonidan sodir etiladi. Qoidaga köra, ular kasbiy ma’lumotga, doimiy daromad manbaiga ega emas, rus tilini yaxşi bilişmaydi.

«Ma’lumot darajasi va sodir etilgan jinoyat turi örtasida töğridan-töğri boğliqlik mavjud. Yaxşi ma’lumotga ega bölmagan çet el fuqarolari aksariyat hollarda şaxsning hayoti va soğliğiga, mulkiga, jinsiy erkinligiga tajovuz qiladi. Ular kamdan-kam hollarda iqtisodiy faoliyat sohasida noqonuniy xatti-harakatlar qiladilar. Bu ma’lum bilimlarni talab qiladi», dedi Bastrikin.