Ozarboyjon va Armaniston çegarasida 11 aprel kuni tuşdan keyin otişma yuz berdi, deb xabar qildi ikki davlat mudofaa vazirliklari. Ozarboyjon tomoni özining uç nafar harbiy xizmatçisi, Armaniston Mudofaa vazirligi – tört nafar askar halok bölganini va olti nafari yaralanganini ma’lum qildi. Şu ma’lumotlarga köra, ulardan uç nafarining ahvoli oğir va öta oğir darajada.

Har bir tomon ikkinçisini birinçi bölib öt oçganlikda aybladi. Yerevanning iddao qilişiça, arman harbiylari Ozarboyjonning Loçin şahri yaqinida, Armaniston hududidagi Tex qişloği yaqinida öqqa tutilgan. Boku, öz navbatida, Armaniston armiyasini Loçin yaqinidagi Ozarboyjon pozitsiyalarini qurollardan intensiv öqqa tutganlikda aybladi.

11 aprel kuni keçki payt Armaniston Mudofaa vazirligi otişma bölgan hududdagi vaziyatni «nisbatan barqaror» deb baholadi.

Otişma Armanistonni Ozarboyjonning xalqaro tan olingan hududiga kiruvçi armanlar yaşovçi Toğli Qoraboğ bilan boğlaydigan yagona yöl bölgan Loçin yölagidan bir neça kilometr uzoqlikda sodir bölgan. Yölakning özi ham, Armaniston anklavini ham Rossiya tinçlikparvar kuçlari nazorat qiladi.

Oxirgi oylarda Yerevan bir neça bor Bokuni humanitar falokatga olib kelişi mumkin bölgan yölak blokadasida aybladi. Mart oyi oxirida tan olinmagan Toğli Qoraboğ Respublikasi Ozarboyjon Qurolli kuçlarini Loçin yölagidagi qöşma çegarani buzganlikda aybladi. Boku Armanistondan «inson kuçi, öq-dorilar, minalar va boşqa harbiy texnika» olib ötilişiga yöl qöymaslik çoralarini körayotganini aytdi.