11 aprel kuni Toşkentda tadbirkorlar iştirokida “Konstitutsiya özimizniki” tarğibot tadbiri bölib ötdi. Unda Savdo-sanoat palatasi vakillari, tadbirkor va işbilarmonlar iştirok etdi. Xususan, “Fargana Global Textile” paxta-töqimaçilk klasterining rahbari Muzaffar Razzoqov sönggi yillardagi özgarişlar uning faoliyatiga qanday ta’sir qilgani haqida gapirib berdi.
“Faoliyatimizni 2006 yilda boşlaganmiz. Xorijda öqib yurgan paytlarim, Özbekistonda ham çet eldagi kabi iş şaroitlarini taşkil qilsak, deb havas qilganman. Töqimaçilik sohasiga texnologiyalar, asbob-uskunalar va innovatsiyalarni olib kiriş maqsadida korxona taşkil qilganmiz. Ammo köpgina qiyinçiliklarni boşdan keçirganmiz. Xususan, eng katta muammolardan bittasi konvertatsiya edi. Bu sir emas, hozir oçiqçasiga aytamiz. Aynan konvertatsiyaning özi qançadan qança iste’dodli tadbirkorlarni vayron qilgan.
Bugungi kunda hammaga keng şaroitlar yaratildi. 2016 yildan keyin vaziyat 180 gradusga özgardi. Biz ham özimizning biznesimizni kengaytirdik. Hozirgi kunga kelib, 6,5 mingta iş örni yaratganmiz. Yil oxirigaça bu körsatkiçni 8 mingtaga yetkazişni rejalaştiryapmiz. Yiliga 50 ming tonna ip, 18 mln metr yuqori sifatli trikotaj mato çiqaramiz va 100 mln dollardan ortiq mahsulot eksport qilamiz. Bularning hammasi olib borilayotgan islohotlarning natijasi deb bilaman. Tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratildi. Yangilanayotgan Konstitutsiyaning 65-moddasida davlat hamma tadbirkorlarga teng imkoniyat va şaroit yaratişga majburiyat olyapti. Bizning katta jamoamiz referendumda qatnaşadi va ovoz beradi. Qolganlardan ham şuni sörab qolaman”, dedi Muzaffar Razzoqov.

















