Kuwait News axborot agentligi sun’iy intellekt yordamida yaratilgan, onlayn xabarlarni öqiş uçun möljallangan virtual boşlovçini taqdim etdi.

Virtual taqdimotçi Fiddoh deb nomlangan, u foydalanuvçilarga yangiliklarni tinglaşni taklif qiladi.

«Men Fiddohman, Kuvaytdagi birinçi boşlovçi, Kuwait News uçun işlayman. Qaysi yangiliklarni afzal körasiz? Fikringizni eşitaylik», deydi u sof arab tilida.

Fiddoh oq tanli, sariq soçli ayol bölib, köp sonli çet elliklar yaşaydigan mamlakatning köp millatli aholisini, uning ismi esa kumuş metall ma’nosini anglatadi. Uni haqiqiy insondan ajratiş juda qiyin.

Naşr va veb-sayt boş muharriri örinbosari Abdulla Bofteynning aytişiça, bu amaliyot sun’iy intellektning «yangi va innovatsion kontent»ni taqdim etiş salohiyatini sinab körişdir.

Kuwait Times 1961 yilda Fors körfazi mintaqasida ingliz tilidagi birinçi kundalik naşr sifatida taşkil etilgan. 2022 yilda naşr Kuwait News bilan birlaşdi.