Qozoğistonning Atirau viloyatida tört yil avval bedarak yöqolgan özbekistonlik topildi. U Qozoğistonga 2017 yilda borgan va 2019 yildan beri bedarak yöqolganlar röyxatida bölgan. Bu haqda Kazinform xabar berdi.

Atirau viloyati IIB xabariga köra, «Migrant» tadbiri davomida mamlakatning migratsiya qonunçiligini buzgan xorijliklar aniqlangan.

«Şuningdek, 2019 yildan buyon qidiruvda bölgan, 1975 yilda tuğilgan Özbekiston fuqarosi topilgan. U Qozoğiston hududiga 2017 yilda iş yuzasidan kelgan. 2019 yildan beri u Nukusdagi qarindoşlari bilan aloqani uzgan. Şu sababli uning qarindoşlari Nukus şahar içki işlar bölimiga murojaat qilişgan. Şu tariqa xorij fuqarosi öz mamlakatida bedarak yöqolganlar röyxatiga kiritilgan», deyiladi xabarda.

Politsiya xodimlari 48 yoşli xorijlikning şaxsini aniqlaş va uni öz mamlakatiga qaytariş uçun tegişli hujjatlar röyxatini yiğmoqda. Özbekiston fuqarosi politsiyaning qabul qiliş va tarqatiş bölimiga joylaştirilgan.