Rossiya Mudofaa vazirligi qit’alararo ballistik raketa (QBR) muvaffaqiyatli sinovdan ötganini e’lon qildi. Vazirlik ma’lumotlariga köra, Astraxan viloyatidagi Kapustin Yar poligonidan uçirilgan yerustida joylaşuvçi QBRning öquv jangovar kallagi Qozoğistondagi Sari-Şagan poligonida nişonga tegdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi raketa uçirilişidan maqsad «qit’alararo ballistik raketalar uçun istiqbolli jangovar texnikani sinovdan ötkaziş» ekanini bildirdi. Vazirlik bayonotida aytilişiça, sinovlar «yangi strategik raketa tizimlarini yaratişda foydalanilgan sxema va texnik yeçimlarning töğriligini tasdiqlaş» imkonini berdi.

Sönggi yillarda, ayniqsa Ukrainada keng kölamli harbiy harakatlar boşlanganidan söng, xalqaro kuzatuvçilar Moskvani harbiy tahdid yaratişda bir neça bor ayblaşdi. 25 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin ön yilliklar içida birinçi marta Rossiya taktik yadro qurolini mamlakatdan taşqarida, – Belarusda mamlakat rahbari Aleksandr Lukaşenko bilan kelişilgan holda joylaştiriş niyati borligini ma’lum qildi. Bunday qurollar qit’alararo ballistik raketalar yordamida nişonga yetkaziladigan strategik yadroviy qurollarga qaraganda kiçikroq masofaga va buzğunçi kuçga ega.

Putinning sözlariga köra, Belarus hududida Rossiyaning taktik yadro qurollarini joylaştiriş uçun maxsus ombor qurilişi 1 iyul kuni yakunlanişi kerak. Önta samolyot uşbu turdagi qurollardan foydalanişga tayyor, «Iskandar» taşuvçi kompleksi taqdim etildi, dedi Rossiya Federatsiyasi prezidenti.

Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Rossiya yadro qurolining Belarusda joylaştirilişini «mas’uliyatsiz eskalatsiya va Yevropa xavfsizligiga tahdid» deb atadi hamda buning uçun Moskvaga yangi sanksiyalar bilan tahdid qildi.