Turkiyada kino rivoji, tanqidlar, “Mendirman Jaloliddin” va Amir Temur haqidagi yangi film – Mehmet Bözdoğ bilan intervyu
|00:29 / 12.04.202330 89711 min
“Ertuğrul”, “Hukmdor Usmon”, “Doston” va “Mendirman Jaloliddin” bu – sönggi vaqtlarda dunyoning köplab mamlakatlaridagi kino ixlosmandlari, xususan, özbekistonlik tomoşabinlar orasida ommalaşgan, mehr qozongan turk seriallari.
7 aprel kuni uşbu seriallar rejissyori, prodyuseri, turkiyalik maşhur rejissyor Mehmet Bözdoğ Özbekistonga qisqa taşrif bilan keldi.
Özbekiston madaniyat va turizm vazirligi taşrifdan foydalanib, OAV uçun rejissyor bilan matbuot anjumani taşkil qildi. Tadbirda jurnalistlar özlarini qiziqtirgan qator savollar bilan Mehmet Bözdoğga murojaat qilişdi.
Şohira Hamro, jurnalist:
— «Mendirman Jaloliddin» seriali yakuniga yetyapti. Serialdan qançalik könglingiz töldi va keyingi mavsumini kutişimiz mumkinmi?
— Xorazmşoh Jaloliddin tarixi örganilsa, u heç qaçon birovga boş egmagan va taslim bölmagan şaxs. Dunyodagi bir neçta hukmdorning hayotini körsatib berişga muvaffaq böldim, ularning hayotini örganib çiqdim. Ular içida Jaloliddin eng muhim tarixiy ahamiyatga egasi. Biz mana şu olingan ikki mavsumda Jaloliddinning ruhiy dunyosini oçib berişga harakat qildik. Uning yoşlik yillarini, katta bölgan muhitini, boşqa aka-ukalaridan farqli tomonlarini yoritişga harakat qildik. Agar Jaloliddinga atrofidagilari xiyonat qilmaganda, ular Jaloliddin atrofida birlaşa olganda, Çingizxon butun dunyoga hukmron bölolmasdi. Ba’zida hamma narsa birgina kuçli hukmdorga boğliq bölmaydi, uning atrofidagilar muhim örin tutadi. Agar uning atrofidagilar ham yaxşi bölganda edi, davlat oyoqqa turardi. Biz şunday xulosaga keldik. Serial boşqa davlatlarda ham efirga ketadi.
Loyiha davomida Özbekiston prezidenti, uning qizi Saida Mirziyoyeva va madaniyat vaziri katta iş qilişdi. Özbekistonlik aktyorlar serialning yaxşi çiqişi uçun juda katta mehnat qildilar. Birinçi mavsum pandemiyada juda oğir ötdi. Özbek aktyorlari 8 oy mehmonxonada yotişga majbur bölişib, katta sabr va intizom körsatişdi. Ikkinçi mavsum ança bemalol böldi. Endi oldimizda uçinçi mavsum turibdi. Reja böyiça 3-mavsum bölişi nazarda tutilgan hozirça.
Hozir Amir Temur haqidagi film töğrisida öylayapmiz. Mening universitetdagi diplom işim ham Amir Temur hayotiga bağişlangan edi.
Mehmet Bözdoğ
Ilyos Safarov, Kun.uz muxbiri:
— Siz olayotgan seriallar qançalik muvaffaqiyatga erişmasin, ularda tarixiylikdan, faktlardan qoçiş kuçli ekani tanqid qilinadi. Bunday tanqidlarni hatto Turkiyada ham eşitamiz. Nima, busiz kino qiziqarli çiqmaydimi?
Mavzuga oid
— Biz tarixdan uzoqlaşmadik. Faqat muayyan tarixiy voqealardan taşqari kundalik voqealarni körsatib berdik. Tarix kitoblarida batafsil yozilmaydi jarayonlar. Tarixiy filmda öşa davrdagi siyosiy muhitni oçib beriş muhim. Agar faqat tarixiy şaxslarning kitoblarda keltirilgan qarorlarini, farmonlarini körsatsak, nima böladi? Unda biz qahramonlarning keçinmalarini bilmaymiz, oilasi bilan munosabatini bilmaymiz, saroydagi xizmatçilar haqida bilmay qolamiz. Uruş bölayotgan bölsa, uning ortida nima bölayotganini bilmaymiz. Biz mana şu narsalarni tasavvur bilan oçib berişga harakat qilamiz. Ba’zi tarixçilar bunaqa bölmaydi deb e’tiroz bildirişadi. Bölmagani haqida hujjati yöq. Aslida, öşa filmlarning yaxşi körib körilişiga sabab ham mana şu tasavvurlar natijasi. Masalan, bizga ma’lum bölgani faqat Jaloliddin Çingizxon bilan uruşgani. Drama qarama-qarşiliklardan iborat böladi, şuning uçun ham Jaloliddin va Çingizxonni uçraştirdik filmda. Agar bunday bölmaganda, serial yaxşi çiqmas edi.
Şohira Hamro:
— “Mendirman Jaloliddin” seriali yana qaysi davlatlarda namoyiş etiladi? Tarixiy seriallarga qöl urilayotganda siz uçun birinçi örinda nima turadi, tarixiy şaxs ekanimi yoki film sotilişimi? Yulduz Rajabova jonlantirgan obraz tarixda bölmagan, degan e’tirozlar ham bor.
— Yulduz Rajabova gavdalantirgan obraz haqida tarixçilar ikki xil fikr aytadi, biri bor, biri esa yöq deydi. Biz esa birini tanlaşga majburmiz. Heç bir hukmdor xotinsiz ötmagan, u bölmasa, boşqa bir obraz bölardi baribir. Bunday e’tirozlardan esa ma’no körmayman. Men uçun markazda turgani – tarixiy şaxsning şaxsiyati, keçinmalari. Tarixiy voqelikka tayanilmasa, uni marketing qilib bölmaydi. Bunday bahslar bölişi biz uçun yaxşi. Balki, biz ham xato qilişimiz mumkin, bu — tabiiy.
Yoşlar Jaloliddin tarixini öqiydi, tarixga köproq yondaşadi. Oilalardagi suhbatlarda, öqiş joylardagi suhbatlarda yoki ayollar suhbatida Jaloliddin haqida gaplaşiladi. Eng muhimi ham şu.
Şarofiddin Tölaganov, jurnalist:
— Tomoşabinlarda serialdagi Jaloliddinning Çingizxon huzuriga elçi bölib borişi sahnasiga e’tiroz böldi. Va nima uçun birinçi özbek-turk tarixiy seriali Jaloliddin Manguberdidan boşlandi? Masalan, Alp Er Töngadan (Afrosiyob) boşlasa töğri bölmasmidi?
— Jaloliddin haqida serial oliş töğrisidagi fikr Özbekiston tomonidan berilgan. Elçi bölib boriş masalasiga keladigan bölsak, Jaloliddinning keskin qarorlar qabul qila oladigan odam ekanini oçib beriş uçun ham şu sahna bölgan. Yuqorida aytganimdek, dramada qahramonlarni ziddiyatlarga olib kiriş kerak, odamlarni qiziqtiriş kerak. Josus qizning qöşilişi, ma’lumotlar yetkazişi ham şunday. Doimiy tarzda duşman tahlikasi sezilib turişi kerak, drama şunday böladi. Agar bunday bölmaganda, filmning ta’sirçanligi yöqolar edi. Nasib etsa, boşqa davlatlarga efirga ketganda, barça şu narsalar ortidan yaxşi köradi filmni. “Ertuğrul”da ham şunday bölgan. Ertuğrul duşman qöliga tuşgan ayolni qutqarib oladi. Kim mazlumga yordam bersa, butun dunyoda şu odam qahramon sifatida qabul qilinadi, bu — universal qoida.
Ilyos Safarov:
— Bugun turk kino sanoati özining rivoji bilan butun dunyoni hayratga solyapti. Turkiyada bu sohaning şu darajaga erişişi asosi nimada, qanday erişildi?
— Men bu savolga faqat öz kompaniyamiz doirasida javob bera olaman. Bilasiz, Turkiya davlati tez rivojlandi. Telekanallar köpaydi, reklama budjetlari oşdi. Şundan keyin biz uzoq muddatli loyihalar, seriallar qila boşladik. Har qanday soha rivojlanişi uçun avval iqtisod rivojlanişi kerak. Aynan kino san’ati juda qimmat soha. Masalan, bizning kompaniyada 3 ming kişi işlaydi. Oddiy misol, kompaniyaning 70 ta öz oti bor. Biz dunyo darajasidagi kompaniya bölganmiz.
Ilyos Safarov:
— Bugun Turkiya kino sa’nati va sanoati butun dunyoni lol qoldirişda davom etmoqda. Ayting-çi, bunga qanday erişildi?
— Xitoyda işlangan Çingizxon haqidagi serial ssenariysida Mirzo Uluğbekning “Tört ulus tarixi” asaridan unumli foydalanilgan manba sifatida. Sizlar-çi, bu kitobdan foydalandingizmi?
— Biz ham bu kitobni öqidik, ma’lumotlar oldik. Umuman, filmni boşlamasdan oldin özbek tarixini, bundan taşqari, Pirimqul Qodirov, Odil Yoqubovlarning tarixiy romanlarini öqib çiqdim. Bugun mana şunday serial olingani Özbekistonning iqtisodiy rivojlanayotganidan darak. Turkiyada ham, butun dunyoda ham Özbekistonga qiziqiş ortgan. Xiva, Qöqon, Samarqand, Buxoro kabi şaharlar yöq dunyoda.
Rözivoy Qöldoşev, jurnalist:
— Turkiyadagi turizmga tarixiy seriallarning ta’siri qanday?
Agar Amir Temur haqida film suratga olinsa, Özbekistondagi qaysi ijodkorlar bilan hamkorlik qilmoqçisiz? Temur va Boyazid örtasidagi jang qanday yoritiladi?
— Bilasizmi, “Ertuğrul” seriali olingunça uning qabriga har yili 10 ming kişi ziyoratga borar edi. Hozir esa 1,5 mln ziyoratçi bormoqda. Umuman, seriallardan söng Turkiyaga sayyohlar taşrifi 55 mlnga çiqdi. Özbekistonda ham şunday qilmoqçimiz. Ozodbek Nazarbekov bilan bu masalada muzokaralar qilyapmiz.
Amir Temur haqidagi filmga juda köplab özbek aktyorlarini jalb qilmoqçimiz. Temur obrazini özbek aktyori öynaydi. Ssenariy yozişda romanlardan foydalanmoqçimiz. Temur haqida ma’lumotlar juda köp bölgani uçun xatolar bölmaydi deb umid qilaman. Temur va Boyazid örtasidagi jangning sabablarini töğri tahlil qilib berişimiz kerak tomoşabinga. Ba’zan qardoşlar örtasida ham şunday janglar bölib turadi.
Ilyos Safarov:
— Turkiyada tomoşabin saviyasi bilan qanday işlanadi? Uning saviyasiga qarab filmlar olinadimi yoki uning saviyasini kino saviyasiga kötarişga harakat qilinadimi?
— Örinli va yaxşi savol böldi. Bu narsa doim meni öylantiradi. Yaxşi asar yaratib, tomoşabin saviyasini kötariş muhim. Töğri yöl ham şu. Ammo reyting degan narsa ham bor. Asar qançalik yaxşi bölmasin, lekin tomoşabin tuşunmasa, boşqa kanalga ötib ketaveradi. Şuning uçun muvozanatni uşlab turiş kerak.
Şohira Hamro:
— Dunyoda Amir Temur şaxsiyati bahsli. Bir taraf uni qahramon sifatida körsa, bir tomon bosqinçi sifatida biladi. Sizning fikringiz qanday bu borada?
— Amir Temur men uçun qahramon. Çunki örta asr liderlari butun dunyoda qattiqqöl bölgan. Davr şuni talab qilgan. Lekin dunyoda ustozining oyoği ostiga yotgan birgina hukmdor — Amir Temur. Şuning uçun ham qahramon.
Ilyos Safarov:
— Uşbu serialga sarflangan mablağ özbek ijodkorlariga berilganda ham şunday kino çiqarişar edi, degan gaplar bor. Siz nima deb öylaysiz, bizdagi kamçilik faqat mablağmi? Özbek kino ijodkorlarining imkoniyatini qanday baholaysiz?
— Kino bu — alohida sanoat. Unda dekoratsiya, libos kabi masalalar bor. Bizda bu narsa jahon darajasiga çiqqan. Masala faqatgina rejissyor va boşqa ijodkorlarda emas. Film suratga olişdagi maydonlar, kameralar, çiroqlar, otlar kabi imkoniyatlar bizda bor. Turkiyada ham faqat bizning kompaniyada bor bu imkoniyatlar. Juda katta kompleks işlaydi. Biz 3 oyda qiladigan işlarni boşqa kompaniyalar 3 yilda qilişi mumkin. Çunki bizda katta tajriba bor.
Şohira Hamro:
— «Mendirman Jaloliddin» seriali boşqa davlatlarga ham sotiladi, deyilyapti. Agar sotilsa, undan tuşgan daromad şerikçilikdami yoki boşqaçaroq böladimi?
— Filmni biz işlagan bölsak-da, asosiy rolda Özbekiston turadi. Tijoriy sirlarni esa oşkor etmaymiz.
Intervyuni töliq holda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Ilyos Safarov tayyorladi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Abduqodir Tölqinov.