Namangan viloyatida voyaga yetmagan qizning nomusiga tegişda gumonlanib qidiruvga berilgan şaxs qölga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bergan.
«Namangan viloyati IIB tomonidan qidiruv e’lon qilingan Şerzod Umarov joriy yilning 12 aprel kuni Namangan şahri «Özbekiston» köçasida joylaşgan yaşaş xonadonining yertölasidan topilganini ma’lum qilamiz», deyiladi xabarda.
Hozirda uşbu şaxsga nisbatan qamoqqa oliş tarzida ehtiyot çorasi qöllangan.
Bundan avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Namangan şahridagi uylardan biri maxsus kiyimdagi xodimlar tomonidan örab olingani, hovlida ham fuqaro kiyimidagi xodimlar yurgani va ayol kişining jazavaga tuşgança ularga qarab baqirayotgani aks etgan video tarqalgandi.
IIV axborot xizmati holat yuzasidan bergan izohida tasvirda aprel oyi boşida voyaga yetmagan qizni zörlaşda gumonlanayotgan şaxsni qölga oliş jarayoni aks etgani, uning oila a’zolarining faol qarşilik körsatişi natijasida gumondor qoçib ketganini ma’lum qilgandi.
Uşbu şaxs viloyat ruhiy-asab kasalliklari şifoxonasida nazoratda turgani, muqaddam sodir etgan jinoyatlari uçun 5 marta sudlangani, mart oyida ham köçada ikki yoş yigitni kaltaklagani ma’lum qilingan.











