Xalq demokratik partiyasi "Yaxshiroq yashash uchun "ha" deymiz" shiori ostida tadbirlar o‘tkazmoqda
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Namangan viloyatida “Mening Konstitutsiyam” shiori ostidagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini keng tushuntirish va aholini referendumda faol ishtirok etishga undaydigan targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi.
Namangan shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirda Partiya Markaziy Kengashi rahbariyati, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, viloyat, tuman (shahar) Kengashlariga partiyadan saylangan deputatlar, jamoatchilik faollari, turli soha vakillari, qonunchilik sohasi mutaxassislari ishtirok etishdi.
Yig‘ilashda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi rahbari Ulug‘bek Inoyatov yangilanayotgan Konstitutsiya mamlakatimizda ijtimoiy, demokratik-huquqiy va chinakam xalqparvar davlatchilik sari tashlanayotgan dadil qadamlar uchun mustahkam asos vazifasini o‘tashi, O‘zbekiston ijtimoiy davlat, deb belgilangani jamiyatimizda kechayotgan jarayonlar bilan chambarchas bog‘liqligi, inson huquq va erkinliklariga oid normalar soni oshirilgani va bu fuqarolarning davlat himoyasida bo‘lishini ta’minlab, yanada farovon hayot kechirishga xizmat qilishini alohida e’tirof etdi.
Jumladan, yangilanayotgan Konstitutsiyaning 44-moddasida majburiy mehnat, bolalarning barkamol rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladigan har qanday bolalar mehnati taqiqlanishi belgilab qo‘yilyapti. Ushbu muhim o‘zgarish aynan majburiy mehnat, xususan, bolalar majburiy mehnatiga to‘liq barham berilishini ko‘zda tutadi. Majburiy mehnatning Konstitutsiya darajasida taqiqlanishi xalqimizning ilmiy, ma’naviy salohiyati oshishiga, iqtisodiyot va ijtimoiy soha rivojlanishiga, hayot sifati yaxshilanishiga xizmat qiladi.
47-modda bilan ilk bor har kimning uy-joyli bo‘lish huquqi belgilanmoqda. Shuningdek, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi qayd etilmoqda.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasida, shuningdek, ta’lim masalasiga ham alohida ustuvorlik berilgan bo‘lib, 50-moddada har kim ta’lim olish huquqiga egaligi mustahkamlanmoqda. Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlab, maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’limni o‘z nazoratiga olmoqda.
Xalq demokratik partiyasi axborot xizmati
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha o‘tkazilgan tender g‘olibi aniqlandi
O‘zbekiston | 13:26
-
NYT: AQSh Suriyadan 600 nafar harbiy xizmatchisini olib chiqib ketyapti
Jahon | 13:25
-
Tadbirkorlar tomonidan moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi
Iqtisodiyot | 12:35
-
Tanzila Norboyeva MDH Parlamentlararo assambleyasi kengashi majlisida qatnashdi
O‘zbekiston | 12:33
Mavzuga oid

14:00 / 25.10.2024
XDP o‘z saylovoldi tashviqotini uyma-uy davom ettiryapti

10:00 / 20.10.2024
Ijtimoiy davlatga samarali ijtimoiy himoya siyosati orqali erishamiz!

20:09 / 06.09.2024
Xalq demokratik partiyasining XIV qurultoyi bo‘lib o‘tdi

19:20 / 26.06.2023