Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada advokatura haqida alohida bob kiritilib, advokatlik maqomi alohida mustahkamlab qöyildi. Mazkur bob 141 va 142-moddalarni öz içiga oladi.
141-moddada jismoniy va yuridik şaxslarga malakali yuridik yordam körsatiş uçun advokatura faoliyat körsatişi, advokatura faoliyati qonuniylik, mustaqillik va özini özi boşqariş prinsiplariga asoslanişi, advokaturani taşkil etiş va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanişi ta’kidlangan.
142-modda esa quyidagiça ifodalanadi: “Advokat öz kasbiy vazifalarini amalga oşirayotganda uning faoliyatiga aralaşişga yöl qöyilmaydi. Advokatga öz himoyasidagi şaxs bilan moneliksiz va xoli uçraşiş, maslahatlar beriş uçun şart-şaroitlar ta’minlanadi. Advokat, uning şa’ni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasida böladi va qonun bilan muhofaza qilinadi”.
Amaldagi Konstitutsiyada advokatlar maqomi alohida norma sifatida kiritilmagan hamda himoya qilinmagan.











