«Kremlga zarba beriş» oqibatlari va Ukrainadagi muammolar. OAV Pentagonning sizdirilgan hujjatlaridan nimalar topmoqda?
|01:34 / 14.04.202334 7008 min
Jahon matbuoti internetga tarqab ketgan önlab maxfiy fayllarni örganişda davom etmoqda. Köpçilik bu qoğozlarni işonç bilan «Pentagonning maxfiy hujjatlari» deb atayapti va ulardan yangi qiziqarli fikrlarni topyapti. Masalan, razvedkaning Putin yoki Zelenskiy ölib qolsa nimalar yuz berişi mumkinligi haqidagi taxminlari, AQŞ ittifoqçisi hisoblanuvçi arab davlatlarining Rossiya bilan hamkorligiga işoralar, Ukraina armiyasidagi kuçlar yetişmovçiligi kabi ma’lumotlar şular jumlasidan.
Foto: ReutersFoto: Reuters
BBC naşri oşkor qilingan hujjatlardagi ba’zi ma’lumotlar, xususan, Ukraina uruşidagi tomonlarning yöqotişlarini baholaş, AQŞ razvedka agentliklarining ittifoqçi davlatlar rahbariyati ortidan kuzatuvi, Ukrainada Ğarb mamlakatlari maxsus kuçlarining kiçik bölinmalari mavjudligi va Serbiyaning Ukrainaga qurol yetkazib berişga tayyorligi haqida oldinroq yozgandi.
Sizib çiqqan ma’lumotlarga aloqador rasmiylar odatdagidek hujjatlar mazmuniga izoh bermagan. Ular qoğozlardagi ma’lumotlar yolğonligi yoki eskirganini aytgan. Oxirgi marta şunday bayonotni Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov berdi. U sizdirilgan axborotlar töğri va yolğon ma’lumotlar qorişmasi ekanini ma’lum qildi.
Biroq, jurnalistlar internetda tarqalgan önlab fayllar içidan yangi qiziqarli ma’lumotlar tavsiflarni topmoqda.
Prezidentlar ölimi va Kremlga zarba
The New York Times AQŞ razvedkasi uruşdagi vaziyatni tubdan özgartiradigan voqealar – Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning ölimi, Rossiya harbiy rahbariyatining davlat işlariga kuç bilan aralaşişi va ukrainaliklarning Kremlga zarbasi yuz bergan taqdirda taklif qiladigan harakatlar rejasi haqida yozdi.
Naşrning ta’kidlaşiça, bu ssenariylar oldindan aytib bölmaydigan oqibatlarga olib keladigan voqealar (inglizça wild card) — ziddiyatning öta keskinlaşişidan tortib tinçlik muzokaralarigaça, sifatida belgilangan. AQŞ harbiy razvedkasi bu hodisalarning ehtimoli va oqibatlarini baholamaydi, balki faqat qömondonlar va siyosatçilarga bunday voqea sodir bölganda nima qiliş kerakligi böyiça variantlar taklif qiladi.
Mavzuga oid
Hujjatga 24 fevral sanasi qöyilgan va unda «Bir yil» belgisi bor, ya’ni bu qoğoz uruş boşlanganining bir yilligi munosabati bilan maxsus tayyorlangan.
«Tört nazariy ssenariydan biriga köra, Ukraina Kremlga zarba beradi. Potensial imkoniyatlarning keng doirasi aniqlangan. Bu voqea mojaroni kuçaytirişi mumkin — Putin jamoatçilik noroziligiga yalpi safarbarlik bilan javob beradi va taktik yadro qurolidan foydalanişni öylab köradi. Yoki aholi qörquvi uni tinçlik muzokaralariga ham undaşi mumkin», deya AQŞ rasmiylarining mulohazalarini keltiradi The New York Times naşri.
Afrikadan kelgan savdo mijozlari
The New York Times tafsilotlarini yozgan yana bir maxfiy hujjat Mali va Rossiya hukumatlari örtasida neft sotib oliş böyiça ötkazilgan muzokaralar haqidagi hisobotdir.
17 fevral sanasi körsatilgan uşbu hujjatga köra, maliliklar Rossiya energetika vazirligi hamda «Vagner»ga (uşbu kompaniyaning yollanma askarlari Malida jang qilmoqda) aloqador firma bilan muzokaralarda Rossiya tomonidan taklif qilgan neft narxiga rozi bölmagan va savdolaşişda davom etgan.
Arablarning manyovrlari
Britaniyaning The Times gazetasi AQŞning Yaqin Şarqdagi ittifoqçilari — Misr va Birlaşgan Arab Amirliklari Rossiya bilan yaşirin aloqalar örnatayotgani haqidagi maxfiy hujjatlar ma’lumotlarini e’lon qildi.
Sizdirilgan hujjatlarda aytilişiça, Misr Rossiyaning «Grad» tizimlari uçun raketalar işlab çiqariş masalasini körib çiqişi mumkin. Bu haqda allaqaçon köplab naşrlar xabar bergandi.
«Rossiya rasmiylarining yozib olingan özaro suhbatlariga köra, Birlaşgan Arab Amirliklari AQŞ va Buyuk Britaniya razvedkasiga qarşi kuraşda ular bilan hamkorlik qilişga rozi bölgan», deb yozadi Times naşri.
BAA bu ayblovlarni darhol rad etdi.
Köplab arab davlatlari, jumladan BAA ham AQŞ bilan yaxşi munosabatlar örnatgan, ammo maxfiy hujjatlardan ma’lum bölişiça, ular taşqi siyosat kursini «diversifikatsiya» qilişga qarşi emas. Suratda AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken va BAA TIV rahbari şayx Abdulla ibn Zoyid al-Nohayon. Foto: AFP
Times gazetasining yozişiça, BAA (şuningdek, Saudiya Arabistoni ham) Putinning Rossiyasi va Xitoyga xayrixohligini yaşirmaydi, ammo baribir AQŞ va kamroq darajada Buyuk Britaniya bilan munosabatlarni buzişni istamaydi.
Şunga qaramay, gazetaning fikriça, sizib çiqqan bu ma’lumot aniq belgilar (simptom)ga asoslangan. «Uşbu hujjatlar — arab dunyosining xavfsizlik arxitekturasida va AQŞ bilan munosabatlarda tektonik siljiş yuz berayotgani haqidagi tezisning qöşimça tasdiğidir», deb yozadi Times.
Ukrainada qarşi hujum uçun yetarliça kuç yöqmi?
Britaniyaning The Daily Telegraph gazetasi AQŞ razvedkasi hujjatlaridagi Ukrainaning katta va muvaffaqiyatli qarşi hujum operatsiyasi uçun yetarliça kuçga ega emasligi haqidagi ma’lumotlarga alohida e’tibor qaratgan.
«Hujjatlardan şu xulosaga keliş mumkinki, AQŞ qarşi hujum operatsiya rejalarining maqsadga muvofiqligi haqida jiddiy savollarga ega va Vaşington bu operatsiya faqatgina «örtaça hududiy yutuqlar»ga olib kelişi mumkinligidan xavotirda. Hujjatda aytilişiça, Ukraina armiyasining yetarli darajada tayyorgarlikka ega emasligi qurol-yaroğ yetişmovçiligi bilan birgalikda Ukraina hujumi muvaffaqiyatga erişişiga tösqinlik qiladi va qöşimça yöqotişlarga olib keladi», deb yozadi Daily Telegraph.
Biroq, gazeta eslaganidek, bu hujjatlar fevral oyi boşida tuzilgan, ya’ni öşandan beri vaziyat özgargan bölişi mumkin.
Ukraina havo mudofaasining jangovar samaradorligi
Qirq yildan ortiq vaqt davomida xalqaro siyosat, uruşlar va razvedka haqida yozgan Washington Post şarhlovçisi Devid Ignatius ham Ukraina armiyasidagi yetişmovçiliklar haqida gapirgan. Ignatius Ukrainadagi zenit-raketalar soni va sarfi baholangan 23 fevraldagi hujjatga alohida e’tibor bergan.
«Bu raqamlar qörqinçli», degan kuzatuvçi.
Ukraina yuqoridagi nişonlarga qarşi asosan S-300 va «Buk» tizimlaridan foydalanadi - amerikaliklarning hisob-kitoblariga köra esa, bu qurollar uçun raketalar tez orada tugaşi mumkin. Fotoda – Rossiyaga tegişli «Buk» aks etgan. Foto: ANADOLU AGENCY
Olti kilometrdan teparoqda uçuvçi havo nişonlariga qarşi kuraşda Ukraina 89 foiz sovet tipidagi «Buk» va S-300 tizimlariga tayanadi. Amerikaliklar fevral oyida qilgan hisob-kitobga köra, raketalar sarfining avvalgi sur’ati saqlanib qolsa, ukrainaliklar 31 martgaça «Buk» raketalarini, 2 maygaça esa S-300 raketalarini tugatib bölişi qayd etilgan.
«Agar Ukraina bu taqçillikni töldira olmasa, hujjatda aytilganidek, Rossiya oxir-oqibat havoda ustunlikni qölga kiritadi va quruqlikdagi nişonlarga tösiqlarsiz hujum qiliş imkoniga ega böladi. Bu esa Ukraina quruqlikdagi qöşinlarini qarşi hujum uçun jamlay olmasligi va öz şaharlarini himoya qilolmasligini anglatadi», deb yozadi Washington Post gazetasi şarhlovçisi.
Ignatiusning qayd etişiça, Ğarb davlatlarida Ukraina armiyasining bu uruşdagi ehtiyojlarini tez va samarali qondiriş uçun zaxira va işlab çiqariş quvvati yetarli emas.
Hujjatlar haqiqiyligini baholaşda Ignatius ularning mazmuni allaqaçon ma’lum bölgan faktlarga mos kelişiga e’tibor qaratişni taklif qiladi. U şuningdek, AQŞ prezidenti ma’muriyatidagi anonim suhbatdoşining «hujjatlar bir qaraşda haqiqiydek körinadi» degan gapini ham isbot sifatida keltiradi.
«Ukraina böyiça tarqalgan hujjatlar, katta ehtimol bilan vaziyatni töğri ifodalaydi va bu ma’lumotlar xavotirli kartinani hosil qiladi», deya xulosa qilgan amerikalik faxriy jurnalist.