Özbekiston taşqi işlar vaziri vazifasini bajaruvçi Baxtiyor Saidov keça Belarus taşqi işlar vaziri Sergey Aleynik bilan uçraşdi.
«Belarus taşqi işlar vaziri Sergey Aleynik bilan uçraşuvimiz çoğida vazirliklarimiz örtasida 2023-2024 yillarga möljallangan maslahatlaşuvlar dasturini imzoladik, - deb yozdi Özbekiston TIV rahbari özining Twitter’dagi sahifasida. – Hujjat keng kölamli hamkorlik masalalarini qamrab olgani bilan e’tiborga molik. Bugun Minskda Özbek madaniyati kunlari ham boşlandi».
Belarus TIV rahbari 14 aprel kuni MDH Taşqi işlar vazirlari kengaşi majlisida iştirok etiş uçun Özbekistonga keldi.

















