Pentagonning maxfiy hujjatlarini AQŞ Milliy gvardiyasi harbiy-havo kuçlari xodimi internetga joylaştirdi. Uning şaxsi The New York Times (NYT) materialida oşkor qilindi. 

Maqolada aytilişiça, 21 yoşli Jyek Teyşeyra sönggi bir neça oy içida AQŞ razvedkasining maxfiy fayllari oşkor etilgan kiçik onlayn öyinlar guruhi rahbari bölgan. U Massaçusets havo milliy gvardiyasining razvedka qanotida xizmat qilgan. 

Qayd etilişiça, u Thug Shaker Central nomli xususiy internet guruhini boşqargan, u yerda qurol-yaroğ, video öyinlar va memlarga umumiy muhabbat tufayli 20-30 ga yaqin odam yiğilgan. 

Endi tergovçilar Teyşeyra bilan hukumat hujjatlarining xususiy internet guruhiga qanday sizib çiqqani haqida gaplaşmoqçi. 

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Amerika maxfiy hujjatlari tarqalgan, ularda Ukrainadagi uruş, Yaqin Şarq, Koreya va Xitoyga oid ma’lumotlar bor edi.