Yangilanayotgan Konstitutsiyaning xalqçil, inson qadri uluğlanayotgan Konstitutsiya deb ta’riflanişi bejiz emas, aslida. Sababi sönggi yillarda amalga oşirilgan islohotlar negizida ham Inson uçun, Inson qadri uçun degan muhim omillar bor. Mana şu omillarning Boş qomusimizda ham ifodalanişi keyingi islohotlar uçun mustahkam poydevor vazifasini ötaydi. Şu nuqtai nazardan ham respublika miqyosida bu jarayonlarni xalqqa tuşuntiriş, ularning siyosiy faolligini oşiriş va kiritilayotgan har bir özgartirişlarni töğri talqin va tarğib qiliş juda katta bilim va mas’uliyat talab etadi.

Hozirda Sergeli tumanining 46 ta mahallasida 230 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Tuman miqyosida 30 ta maktabgaça ta’lim taşkiloti bölsa, 26 ta maktabda 39 440 nafar öquvçi tahsil olmoqda. Tuman böylab aholining barça qatlamini töliq qamrab oliş maqsadida bosqiçma-bosqiç tarğibot işlari mahalla, maktab va boşqa taşkilotlar kesimida olib borilmoqda.

Xususan, mahallalarda alohida tarğibot guruhlari, maktab va boğçalar uçun alohida dastur asosida "Konstitutsiya bizniki" şiori ostida tarğibot tadbirlari ötkazilmoqda. Bundan taşqari, mahallalar kesimida har kuni mazkur şior ostida tarğibot konsert dasturlari bölib ötmoqda. Uşbu dastur mutaxassislar jalb etilgan holda, aholining har bir qatlami yoşlar, keksalar, bolalar uçun ham tarğibot, ham yoş ijodkorlar iştirokidagi köngiloçar konsert şaklida taqdim etilmoqda. Bu esa, uyda bolalar tarbiyasidagi onalar va ularning farzandlari, keksalar, şuningdek, köproq yoşlar jamoasini qamrab olişda alohida ahamiyatlidir. Mart oyidan boşlangan mazkur tarğibot dasturlari referendumga qadar davom etişi, şuningdek, har bir fuqarolarga belgilangan va özgartirilayotgan normalarning töğri tuşuntirilişi nazarda tutilgan.