Yevropa Ittifoqida ruxsat etilmagan va soğlikka salbiy ta’sir körsatadigan pestitsid tufayli Slovakiya hukumati mamlakatda töplangan Ukraina ğallasini va undan tayyorlangan unni qayta işlaş va sotişni taqiqladi. Bu haqda 13 aprel, payşanba kuni Slovakiya Qişloq xöjaligi va mintaqaviy rivojlaniş vazirligi ma’lum qildi.

Unga köra, Ukrainadan keltirilgan 1500 tonna buğdoy böyiça tahlil ötkazilgan. Bratislava zudlik bilan Yevropa Ittifoqi davlatlaridagi hamkor qişloq xöjaligi organlarini kimyoviy birikma mavjudligi haqida xabardor qiladi. Bundan taşqari, Slovakiyada saqlanayotgan Ukrainadan kelgan barça ğalla va un namunalari olinadi.

Taqiq qança muddatga joriy qilingani aniqlaştirilmagan. Bratislava bu qaror haqida Ukraina elçisi Miroslav Kastranni, şuningdek, Vişegrad guruhi mamlakatlari (Slovakiya, Çexiya, Polşa va Vengriya), Bolgariya va Ruminiyani xabardor qiladi.

Vazirlik hali Ukraina ğallasi va don mahsulotlarini import qilişni tavsiya etmayapti.

Avvalroq, Polşa bozorida arzon Ukraina ğallasining haddan taşqari köpligi mahalliy fermerlar noroziligiga sabab bölgan edi. Norozilik namoyişlari ostida Polşa qişloq xöjaligi vaziri Xenrik Kovalçik iste’foga çiqişga majbur böldi.