Twitter kompaniyasi Twitter Blue obunaçilari uçun yangiliklar joriy qildi. Endi ular standart 280 ta emas, balki 10 mingta belgili tvit yozişi mumkin. Bundan taşqari, matnni kursiv yoki yirik harflar yordamida formatlaşi ham mumkin.

Yana bir muhim yangilanişni Twitter rahbari Ilon Mask e’lon qildi. U ijtimoiy tarmoqdagi kontentni monetizatsiya qiliş tizimi takomillaştirilganini aytdi. Yil davomida foydalanuvçilar işlab topgan barça pullarini standart komissiya çegirib taşlangan holda olişi mumkin — Android va iOS uçun 30%, veb uçun 8%.

Twitter öz komissiyasini bir yildan söng olişni boşlaydi, deb qöşimça qildi Mask.

Hozirda kontent yaratuvçilari oyiga $2,99, $4,99 va $9,99 obunalarini taklif qilişi mumkin. Twitter qoidalariga köra, ijodkorlar monetizatsiya huquqiga ega bölişi uçun kamida 18 yoşda bölişi, 10 mingta faol foydalanuvçiga ega bölişi va oxirgi 30 kun içida kamida 25 marta tvit yozgan bölişi kerak.

Hozirça Twitter monetizatsiya dasturidan faqat AQŞ aholisi foydalanişi mumkin. Biroq Maskning aytişiça, kompaniya boşqa mamlakatlarda ham uni joriy qiliş ustida işlamoqda.