Ukrainaning birinçi xonimi Yelena Zelenskaya Amerikaning TIME jurnali tomonidan 2023 yilda sayyoramizning eng nufuzli 100 kişisi röyxatiga kiritildi. «Yetakçilar» nominatsiyasida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning rafiqasi bilan birga Nobel mukofoti sovrindori, huquq himoyaçisi Oleksandra Matviyçuk ham bor.
TIME jurnalining uşbu nominatsiyasida AQŞ prezidenti Jo Bayden, Germaniya kansleri Olaf Şols, Rossiyada hibsga olingan WSJ jurnalisti Evan Gerşkoviç, Yaponiya boş vaziri Fumio Kisida va boşqalar bor.
TIME jurnalining eng nufuzli 100 kişi reytingi «San’atkorlar», «Kumirlar», «Pionerlar», «Titanlar», «Innovatorlar» va «Yetakçilar» toifalaridan iborat.
2022 yilda Rossiya Ukrainaga qarşi keng kölamli uruş boşlaganida prezident Volodimir Zelenskiy yilning eng nufuzli şaxsiga aylandi. Uning nomzodi uçun TIME jurnalining 3,3 milliondan ortiq öquvçisi ovoz berdi, bu umumiy öquvçilarning 5 foizini taşkil etadi.

















